Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Geologik kesma yo‘nalishini tanlash


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Geologik kesma yo‘nalishini tanlash. Kesma yo„nalishi shunday tanlanadiki
bunda u maydonning geologik tuzilishidagi asosiy xususiyatlarni va unda 
rivojlangan foydali qazilma tanalarining yotish sharoitlarini mumkin qadar to„liq 
va ko„rgazmali aks ettirishi lozim. 
Qatlamlar gorizontal yotganda kesma relyefning eng baland va past 
nuqtalaridan o„tishi; qiya va burmalanib yotganida esa qatlamlarning yo„nalishiga 
ko„ndalang holda harakterli struktura shakllarini kesib o„tishi lozim. Struktura 
shakllari o„zgaruvchi bo„lgan rayonlarda kesma asosiy strukturalar yo„nalishiga 
ko„ndalang o„tkaziladi. 
Struktura qavatlari qatlamlarining yo„nalishi turlicha bo„lgan azimutal 
nomuvofiqlikda kesma pastki kompleks yotqiziqlari yo„nalishiga ko„ndalang qilib 
olinadi. Chunki fundament yotqiziqlarining burmalanishi odatda murakkab bo„ladi 
va ularni grafik tasvilash lozim bo„ladi. Qoplama kompleks hududning katta 
qismini egallab yotganda va pastki kompleks faqat erozion tirqishlarda ochilgan 
hollarda bu qoidadan chega chiqish mumkin. Bunda geologik kesmaning 
yo„nalishi ustki kompleks yo„nalishiga ko„ndalang qilib olinadi. 
Qog„oz varag„ida geologik kesma quyidagicha joylashtiriladi: uning g„arbiy, 
shimoliy-g„arbiy va janubiy-g„arbiy uchlari chapda, sharqiy, shimoliy-sharqiy va 
janubiy-sharqiy uchlari o„ngda joylashtiriladi (13.2-rasm). 
Kesmaning gorizontal va vertikal miqyoslarini tanlash. Geologik kesmaning 
gorizontal miqyosi, odatda, geologik yoki strukturaviy xaritaning miqyosiga mos 
kelishi kerak. Ammo lozim bo„lganda u kattalashtirilishi yoki kichraytirilishi 
mumkin. 
13.2-rasm. Chizmada kesma yo‘nalishining mo‘ljali 
Vertikal miqyos gorizontal miqyosga teng bo„lganda (ya‟ni kesma tuzilayotgan 
xarita miqyosiga), geologik tuzilishning muhim xususiyatlarini - kam qalinlikdagi 
qatlamlarni, qatlamlarning kichik amplitudagi bukilishini va boshqalarni ko„p 
hollarda chizmada aks ettirib bo„lmaydi. Bunday muhim amaliy ahamiyatga ega 



16

bo„lgan xususiyatlarning chizmada bo„lmasligi geologik kesmaning kerakli 
ko„rgazmaliligi, zarur axborotlarni ko„rsatuvchanligi va amaliy qimmatini 
yo„qotadi. Bunday hollarda geologik kesmalarning vertikal miqyosi gorizontal 
miqyosiga nisbatan kattalashtirilib tuziladi. 
Geologik xaritalarni tuzish yo„riqnomalari talabi bo„yicha geologik 
kesmalarning vertikal miqyosini shunday tanlash lozimki, kesmada tasvirlanadigan 
stratigrafik komplekslarning qalinligi chizmada 1 mm.dan kam bo„lmasligi lozim. 
13.1-jadvalda turli miqyoslarda ko„rsatiladigan minimal vertikal qalinliklar 
keltirilgan. 
13.1-jadval 
Geologik kesmalarda ko„rsatiladigan minimal vertikal qalinliklar 
 
Vertikal masshtab 
Qatlamning minimal qalinligi, m. 
1:500 000 
500 
1:200 000 
200 
1:100 000 
100 
1:50 000 
50 
1:25 000 
25 
1:10 000 
10 
1:5 000 

1:1 000 

Vertikal miqyosning gorizontal miqyosga nisbatan oshirilishida qatlamlarning 
yotish burchagi va qalinligi o„zgaradi. Uncha katta bo„lmagan yotish burchagida 
bu o„zgarish ko„zga chalinmaydi, katta bo„lganda esa oshib boradi (13.3-rasm). 
n = 1 
o A
1
 = a 
 
n = 2 
o A
2
 = 2a 
 
n = 5 
o A
5
 = 5a 
 
 
 
 
n = 10 
o A
10
 = 10a 

A
1
 
 

 
A
2
 
 

 
 
A
5
 
 

 
 
 
 
 
A
10
 

P
1
 

 
P
2
 
 

 
 
P
5
 
 
 

 
 
 
 
 
P
10
 
α
n = 1
 5
0
 
 
 
α
n = 2
 10
0
 
 
 
α
n = 5
 23
0
 40
/
 
 
 
 
 
 
α
n = 10
 41
0
 10 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling