Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Geologik kesma yo‘nalishini tanlash
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesmaning gorizontal va vertikal miqyoslarini tanlash.
Geologik kesma yo‘nalishini tanlash. Kesma yo„nalishi shunday tanlanadiki,
bunda u maydonning geologik tuzilishidagi asosiy xususiyatlarni va unda rivojlangan foydali qazilma tanalarining yotish sharoitlarini mumkin qadar to„liq va ko„rgazmali aks ettirishi lozim. Qatlamlar gorizontal yotganda kesma relyefning eng baland va past nuqtalaridan o„tishi; qiya va burmalanib yotganida esa qatlamlarning yo„nalishiga ko„ndalang holda harakterli struktura shakllarini kesib o„tishi lozim. Struktura shakllari o„zgaruvchi bo„lgan rayonlarda kesma asosiy strukturalar yo„nalishiga ko„ndalang o„tkaziladi. Struktura qavatlari qatlamlarining yo„nalishi turlicha bo„lgan azimutal nomuvofiqlikda kesma pastki kompleks yotqiziqlari yo„nalishiga ko„ndalang qilib olinadi. Chunki fundament yotqiziqlarining burmalanishi odatda murakkab bo„ladi va ularni grafik tasvilash lozim bo„ladi. Qoplama kompleks hududning katta qismini egallab yotganda va pastki kompleks faqat erozion tirqishlarda ochilgan hollarda bu qoidadan chega chiqish mumkin. Bunda geologik kesmaning yo„nalishi ustki kompleks yo„nalishiga ko„ndalang qilib olinadi. Qog„oz varag„ida geologik kesma quyidagicha joylashtiriladi: uning g„arbiy, shimoliy-g„arbiy va janubiy-g„arbiy uchlari chapda, sharqiy, shimoliy-sharqiy va janubiy-sharqiy uchlari o„ngda joylashtiriladi (13.2-rasm). Kesmaning gorizontal va vertikal miqyoslarini tanlash. Geologik kesmaning gorizontal miqyosi, odatda, geologik yoki strukturaviy xaritaning miqyosiga mos kelishi kerak. Ammo lozim bo„lganda u kattalashtirilishi yoki kichraytirilishi mumkin. 13.2-rasm. Chizmada kesma yo‘nalishining mo‘ljali Vertikal miqyos gorizontal miqyosga teng bo„lganda (ya‟ni kesma tuzilayotgan xarita miqyosiga), geologik tuzilishning muhim xususiyatlarini - kam qalinlikdagi qatlamlarni, qatlamlarning kichik amplitudagi bukilishini va boshqalarni ko„p hollarda chizmada aks ettirib bo„lmaydi. Bunday muhim amaliy ahamiyatga ega - 16 - bo„lgan xususiyatlarning chizmada bo„lmasligi geologik kesmaning kerakli ko„rgazmaliligi, zarur axborotlarni ko„rsatuvchanligi va amaliy qimmatini yo„qotadi. Bunday hollarda geologik kesmalarning vertikal miqyosi gorizontal miqyosiga nisbatan kattalashtirilib tuziladi. Geologik xaritalarni tuzish yo„riqnomalari talabi bo„yicha geologik kesmalarning vertikal miqyosini shunday tanlash lozimki, kesmada tasvirlanadigan stratigrafik komplekslarning qalinligi chizmada 1 mm.dan kam bo„lmasligi lozim. 13.1-jadvalda turli miqyoslarda ko„rsatiladigan minimal vertikal qalinliklar keltirilgan. 13.1-jadval Geologik kesmalarda ko„rsatiladigan minimal vertikal qalinliklar Vertikal masshtab Qatlamning minimal qalinligi, m. 1:500 000 500 1:200 000 200 1:100 000 100 1:50 000 50 1:25 000 25 1:10 000 10 1:5 000 5 1:1 000 1 Vertikal miqyosning gorizontal miqyosga nisbatan oshirilishida qatlamlarning yotish burchagi va qalinligi o„zgaradi. Uncha katta bo„lmagan yotish burchagida bu o„zgarish ko„zga chalinmaydi, katta bo„lganda esa oshib boradi (13.3-rasm). n = 1 o A 1 = a n = 2 o A 2 = 2a n = 5 o A 5 = 5a n = 10 o A 10 = 10a o A 1 o A 2 o A 5 o A 10 M P 1 M P 2 M P 5 M P 10 α n = 1 5 0 α n = 2 10 0 α n = 5 23 0 40 / α n = 10 41 0 10 Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling