Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
13.3-rasm. Vertikal miqyosning gorizontal miqyosga nisbatan oshirilganida qatlam yotish burchagi va qalinligining o‘zgarishi - 17 - Bunda kesmada ko„rsatilgan geologik vaziyat haqiqiysiga mutlaqo o„xshamay qoladi. Shuning uchun ham vertikal miqyosning gorizontal miqyosga nisbatan oshirilishi mumkin bo„lgan chegarasi qabul qilingan. Ular tuzilayotgan geologik kesmaning chizig„i bo„yicha kuzatiladigan haqiqiy maksimal yotish burchagiga bog„liq bo„ladi. 13.2-jadvalda qatlamning yotishidagi maksimal o„zgarish chegarasi ko„rsatilgan. Amalda vertikal miqyosni tanlashda geologik xarita miqyosi, kesmaning umumiy qalinligi, muayyan stratigrafik komplekslarning qalinligi, qatlamlar yotishining qiyalik burchagi, hududning erozion parchalanganligini hisobga oluvchi kompleks yondashuv qo„llaniladi. Ba‟zan kam qalinlikdagi, ammo hududning geologik tuzilishini tushunish uchun muhim bo„lgan qatlamlarni miqyossiz ko„rsatish mumkin (2 mm. qalinlikda). 13.2-jadval Vertikal miqyosning yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan maksimal chegaraviy o„zgarishi (N) Kesma yo„nalishi bo„yicha yotish burchagi 10 ′ gacha 10 ′ - 20 ′ 20 ′ - 30 ′ 30 ′ - 1 30 ′ 1 30 ′ - 3 3 - 6 6 -15 15 - 20 20 - 25 25 Yo„l qo„yiladigan maksimal o„zgarish (N) 200 va undan ortiq 100 -200 50 -100 25 -50 10 -25 5 -10 2.5 -5 2 -2.5 1 -2 1 Geologik xarita va planlar har doim geologik kesim bilan kuzatiladi. Xarita va planda tasvirlangan har xil turdagi qatlam va foydali qazilma uyumlarining tarqalish qonuniyatlarini, yotish shakllarini, o„zaro munosabatlarini, joylarning relyefini to„liq ifodalash maqsadida geologik kesim tuziladi. Geologik kesim tuzishning xususiyatlariga qarab tik va gorizontal bo„ladi. Shuningdek geologik kesim tuzishga birinchi navbatda foydali qazilma uyumlarining chegarasiga, yotish elementlariga, morfologik shakllariga, tarqalish qonuniyatlariga, yondosh tog„ jinslari bilan munosabatlariga alohida e‟tibor beriladi. Geologik kesim tuzish uchun xarita va planning eng baland va eng past nuqtalarini o„z ichiga oladigan ma‟dan tuzilishi to„g„risida to„liq ma‟lumot beradigan yo„nalishlar belglanadi. Odatda kesimlar asosiy strukturalar va ma‟dan uyumlari yo„nalishiga ko„ndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak asosida tuziladi. Ko„pchilik vaqt geologik kesimlarning yo„nalishi qabul qilingan razvedka tizimi orqali aniqlanadi. Bu esa razvedka chizig„iga mos keladi. Geologik kesimning tik va gorizontal masshtabi plan va xarita masshtabiga tog„ri keladi. - 18 - Kichik masshtabli xaritalarda geologik kesimlar tik masshtabda yiriklashtiri- lishi mumkin. Geologik kesimlarning shartli belgilari plan va xaritalarnikiga to„g„ri kelishi kerak. Geologik kesim tuzish uchun belgilangan yo„nalishdagi ikki nuqta geologik xarita va tog„ri chiziq bilan tutashtiriladi. Bu kesim chiziqning har ikkala uchi harflar, sanoq raqamlari yoki rim raqamlari (masalan A-A yoki 1-1) bilan ifodalanadi. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling