Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

13.5 – rasm. Geologik ma’lumotlarni topografik profilga o‘tkazish 
Bunday ko„chirishni yotqiziqlarning yotish elementlar kam o„zgaradigan 
hollarda bajarish mumkin. Ko„chirishni yo„nalish chizig„i yoki yoy bo„yicha ham 
amalga oshirish mumkin (13.6 – rasm). 
Agar: 
- Vertikal miqyos gorizontal miqyosga nisbatan oshirilgan bo„lsa kesmadagi 
tasvirning yotish burchagiga tuzatish kiritilishi lozim. 



21

- Yotqiziqlar qiya yoki burmalanib yotgan xaritalarda geologik kesma chizig„i 
yo„nalishi qatlamlar yotish azimutiga mos kelmaganda kesmadagi ko„rinarli yotish 
burchagi haqiqiy qiymatidan past bo„ladi va bunda kesmadagi tasvir burchagiga 
tuzatma kiritilishi lozim. 
- Agar qiyshiq kesishish burchagi 300 dan kam va qatlamning yotish burchagi 
300 dan kam bo„lsa ko„rinarli burchak haqiqiysidan kam farq qiladi, shuning 
uchun ham ularga tuzatma kiritmasa ham bo„ladi. 
Geologik chegaralarni tushirish. Butun harita bo„yicha geologik tanalarning 
yotish sharoitlarini tahlil qilish, struktura qavatlarining sonini aniqlash, 
nomuvofiqliklarni ajratish, uzilmalar va burmalarning turlarini va ularning 
yo„nalishini aniqlash. Kesma chizig„i kesib o„tuvchi barcha antiklinal va sinklinal 
burmalarni hamda boshqa strukturalarni sanab chiqish. Qatlamlari to„ntarilib 
yotgan uchastkalarni ajratish. 
13.6 – rasm. Yotish elementlarini yo‘nalish (a) va yoy (b) bo‘yicha o‘tkazish 
Geologik chegaralar quyidagi ketma-ketlikda tushiriladi: 
- Yer yoriqlarining chiziqlari tushiriladi (agar ular kesmada mavjud bo„lsa). 
Keyinchalik yer yoriqlari bilan ajralgan har bir blokda geologik chegaralar alohida 
tushiriladi. 
- Bir nomli chegaralar qatlamlarning yotish yo„nalishi bo„yicha yer yuzasiga 
chiqish nuqtalari orqali silliq chiziq bilan tutashtiriladi. Bu ish yosh jinslardan va 
sinklinal burmalardan boshlanadi, ustki struktura qavatidan pastkisiga qarab 
amalga oshiriladi. Yer yuzasining ikki nuqtasida chiquvchi bir-biriga qarshi 
yotuvchi sinklinal burmalarning muayyan chegaralari pastida silliq yoy hosil qilib 
tutashtiriladi (qo„shimcha ma‟lumotlar bo„lmaganda). Yotqiziqlarning qalinligi va 
ularning yotish elementlari ozroq o„zgarishi mumkin. Stratigrafik tabaqalarning yer 
yuzasiga chiqish kengligi va ularning burg„i quduqlari kesmasidagi tutgan o„rni 
kesmaga aniq ko„chiriladi (13.7 – rasm). 
Geologik kesma tuzishda quyidagilarni yodda tutish lozim: 
Ustki struktura qavati jinslarining gorizontal yotishiga, odatda, joy relyefining 
balandlashuvi mos keladi; 
Sinklinal va antiklinallarning yadrosida yer yuzasiga chiqib yotuvchi 
yotqiziqlarning qalinligi har doim litologo-stratigrafik kesmada ko„rsatilgandan 
past bo„ladi, chunki ular yuvilishga uchragan bo„ladi. 
Geologik xaritada qatlamning yer yuzasiga chiqish kengligining oshishi uning 
yotish burchagi pasayganligini ko„rsatadi. 



22


Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling