Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Tog‘ jinslari va qatlamlarning yotish elementlari


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Tog‘ jinslari va qatlamlarning yotish elementlari 
Qatlamlarning fazoda tutgan o„rnini aniqlashda ularning yotish elementlari: 
yo„nalish va yotish chiziqlari, yo„nalish va yotish azimutlari hamda yotish 
burchagidan foydalaniladi. 
Yo‘nalish chizig‘i deb qatlam yuzalaridan birining ma‟lum gorizontal tekislik 
bilan kesishish chizig„iga, boshqacha qilib aytganda, qatlam yuzasidagi har qanday 
gorizontal chiziqqa aytiladi. Shunday qilib, qatlam yuzasida sanoqsiz ko„p 
yo„nalish chiziqlarini o„tkazish mumkin. Umumiy holda qatlam yo„nalishi o„zgarib 
borishi mumkin, lekin qisqa bir masofada yo„nalish chizig„ini to„g„ri chiziq deb 
qabul qilish mumkin (14.1-rasm, VG). 
Yotish chizig‘i deb yo„nalish chizig„iga perpendikulyar bo„lgan va qatlam 
yuzasi bo„ylab uning yotishi tomoniga yo„nalgan vektor chiziqqa aytiladi (14.1-
rasm, BA). Yotish chizig„ining qiyalik burchagi qatlam yuzasida yotuvchi boshqa 
har qanday chiziqning qiyalik burchagidan katta bo„ladi. 
Yo‘nalish azimuti deb geografik meridianning shimoliy yo„nalishi bilan 
qatlamning yo„nalish chizig„i orasidagi o„ng vektor burchakka aytiladi. Yo„nalish 
chizig„i ham har qanday to„g„ri chiziq kabi ikki qarama-qarshi tomonga ega. 
Shuning uchun ham unda bir-biridan 180
0
ga farq qiluvchi ikkita azimut 
o„lchanadi. Masalan: qatlamning yo„nalish azimuti 40
0
-220
0
(14.2-rasm). 
Yotish azimuti deb geografik meridianning shimoliy yo„nalishi bilan yotish 
chizig„ining gorizontal tekislikka o„tkazilgan proyeksiyasi orasidagi o„ng vektor 
burchakka aytiladi. Geologik obyektlarning yotish azimuti ularning yo„nalish 
azimutlaridan 90
0
ga farq qiladi. 



24

 
14.1-rasm. Qatlamning yotish 
elementlari. 
BA-yotish chizig‘i, BD-yotish chizig‘ining 
gorizontal tekislikka o‘tkazilgan 
proyeksiyasi, VG-yo‘nalish chizig‘i, 
DBA-yotish burchagi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling