Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

 
14.3-rasm. Qatlamlarning gorizontal yotishi (geologik xarita). Gorizontallar bilan 
qatlamlarning chegaralari mos tushgan 
Agar qatlamning qalinligi joy relyefining nisbiy balandligidan katta bo„lsa, 
qatlamlarni ajratuvchi chegara yer yuzasida ochilmagan bo„ladi va u qatlam keng 
maydonlarni egallab yotadi. 
Aerofotosuratlar bilan ishlayotganda, birinchi navbatda, yer yuzasida doimiy 
geologik xususiyatlari va belgilari bo„lgan tayanch gorizontlariga e‟tibor berish 
kerak bo„ladi. Shuning uchun ham aerofotosuratlarda stratigrafik komplekslar 
ichida muhim bo„lgan qatlamlarning chegaralari va ularning aniq mutlaq 
balandliklari aniqlanadi. Aerofotosuratlarni talqin qilish vaqtida belgilangan 
chegaralarni tekshirish va to„g„rilash dalada o„sha chegaralar bo„ylab yurish orqali 
bajariladi. Gorizontal yotuvchi qatlamlarning chegaralari gorizontallar bo„ylab 
yoki ularga parallel ravishda o„tishi kerak. 
Qatlamlarning qiya yotishi. Qatlamlarning gorizont tekisligida nisbatan bir 
tomonga ma‟lum burchak ostida yotishi qiya (monoklinal) yotish deb yuritiladi. 
Qiya yotish gorizontal yoki unga yaqin bo„lgan yuzada to„plangan tog„ jinslari 
qatlamlarining tektonik kuchlar ta‟sirida birlamchi vaziyatini o„zgartirishidan 
vujudga keladi. Shuning uchun ham qatlamlarning bunday yotishi burmali 
tog„larga xos bo„ladi. 
Qiya yotish faqat cho„kindi tog„ jinslari qatlamlarigagina taalluqli bo„lmasdan, 
balki tomirli jinslarga, daykalarga, sillarga, yer yoriqlarining yuzasiga va shunga 
o„xshash boshqa geologik obyektlarga ham xosdir. 
Xaritada qatlamlarning qiya yotganligini ularning chegaralari relyef 
gorizontallarini qirqib o„tganligidan aniqlasa bo„ladi. 
 
Amaliy ishni bajarish tartibi 
Qatlamlar yotish elementlarini aniqlashning uch nuqta usuli. Qatlamlar-
ning (geologik obyektlarning) yotish elementlarini bevosita ularning yer yuzasiga 



27

chiqish joylarida tog„ kompasi yordamida aniqlanadi. Geologik xaritalarda bunday 
amal uch nuqta usuli yordamida, agar qatlamlar yer yuzasida ochilmasdan
qoplama jinslar tagida joylashgan bo„lsa, unda burg„i quduqlari va shurflardan 
olingan ma‟lumotlarga asoslanib aniqlanadi. 
Uch nuqta usuli yordamida relyefi gorizontallar bilan ifodalangan geologik 
xaritaga tushirilgan qatlamlarning yotish elementlari aniqlanadi (14.4-rasm). 
Buning uchun xaritada tasvirlangan qatlamlarning ostki va ustki yuzasidan birining 
chegarasi tanlab olinadi. 
Shunga e‟tibor berish kerakki, tanlangan chegarani kamida ikki gorizontal uch 
nuqtada qirqib o„tishi kerak. Birinchi gorizontalning tanlangan chegarani ikki 
marta qirqib o„tgan nuqtalarni (A va B) o„zaro to„g„ri chiziq bilan tutashtirib, 
birinchi yo„nalish chizig„ining holati aniqlanadi. Bu yo„nalish chizig„i qatlam 
yuzasida yotgan bo„lib, uning barcha nuqtalari bir xil mutlaq balandlikka ega va 
qiymati qirqib o„tuvchi gorizontalnikiga teng bo„ladi. Uchinchi nuqta (V) esa, 
navbatdagi gorizontalning shu tanlangan chegarani qirqib o„tgan joyda bo„lib, u 
orqali birinchi yo„nalish chizig„iga parallel qilib ikkinchi yo„nalish chizig„idan 
o„tkaziladi. Endi qiymati katta bo„lgan yo„nalish chizig„idan kichigiga qarab 
perpendikulyar o„tkazamiz. Bu qatlamning yotish chizig„i, to„g„rirog„i, uning 
gorizontal tekislikdagi proyeksiyasidir. Kerak bo„lganda gorizont tomonlari 
aniqlangan geologik xaritalarda qatlamning yo„nalishi va yotish azimutlari 
transportir yordamida o„lchanadi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling