Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
15.6-rasm. Konturning bevosita belgilangan kuzatishlar bo‘yicha tuzilishi. 1-ma’dan tanasi; 2-tashlama- uzilma; 3-shurf; 4-kanavalar; 5-shtolnyalar; 6-gezenklar; 7-tomirning qiyshiqlanish chizig‘i. Sanoat konturining izochiziqlarini interpolyatsiya yo‘li bilan aniqlash. Agar konturni foydali komponentning konditsion va nokonditsion tarkibli inshootlar yoki namunalar o„rtasida o„tkazish zarur bo„lsa, tayanch nuqtalari analitik va grafik usullar bilan interpolyatsiyalash orqali topiladi. Analitik usul bilan interpolyatsiyalash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi: Bunda: x - konditsion ma‟danlarni ochgan inshootdan olingan “a” namunadan minimal sanoat-konditsion ma‟danlari joylashgan nuqtagacha bo„lgan masofa; m a - “a” namuna bo„yicha qalinlik yoki miqdor yohud ularning ko„paytmasi (metrofoiz); m n - “n” nuqtadagi qalinlik yoki miqdorning minimal konditsion qiymati yoxud ularning ko„paytmasi; m k - konditsion ma‟danlarni ochmagan inshoot bo„yicha olingan “R” namunasining qalinligi yoxud miqdori yoki ularning ko„paytmasi; L - “a” va “R” namunalari orasidagi masofa. Bu formuladan foydalanib juft inshootlar ma'lumotlariga ko„ra “X” masofa hisoblanadi (ular oralig„ida kontur chizig„i o„tish kerak). Konditsion ma‟danlarni ochgan inshootlardan ular masofasini o„lchab tayanch nuqtalari olinadi. Tayanch nuqtaning o„rni grafik usullarda - transparant yordamida yoki tegishli qurilishlar yordamida belgilanishi mumkin. Transparant bir-biridan teng masofadagi parallel chiziqlar chizilgan kalka yoki mum qog„ozdan iborat (15.7- rasm). 15.7-rasm. Transparant yordamida interpolyatsiyalash - 38 - Rasmga ko„ra 105 va 106 shurflar oralig„idagi chiziqda chegaraviy miqdorning nuqtasini topish kerak deb faraz qilamiz. Namunalash ma'lumotlariga ko„ra ulardan birida foydali komponentning miqdori (105-shurfda) 0,35 %, boshqasida 2,75 %. Chegaraviy miqdor 0,7 %. Transparant namunalash planiga (yoki qirqimiga) uning parallel chiziqlaridagi yoki nuqtalaridan biri -0,35 %li 105-shurf bilan birgalikda qo„yiladi. Transparant planga igna bilan bu nuqtada sanchib qo„yiladi va 106-shurf yo„nalishi bo„yicha to shurf nuqta ustida transparantning 2,75 %li belgisining chizig„i tushmaguncha buriladi. Shurflarni birlashtiruvchi chiziqlarning transparantning 0,7 %li belgisining chizig„i bilan kesishishi 105- va 106-shurflar oralig„idagi foydali komponent chegaraviy miqdorining tayanch nuqtasini beradi. Bu nuqtani chizmada quyidagi usullar bilan topish mumkin: 1. Masshtabda 105- va 106-shurflar o„rtasidagi masofani tasvirlovchi AB chizig„iga perpendikulyar, S x -S o va S B -S x ayrimlarga javob AD va BC bo„laklari ajratiladi (15.8-rasm) (ular ham masshtabda). Qarama-qarshi yo„naltirilgan perpendikulyar uchi birlashtirilib,foydali komponentning chegaraviy miqdori bilan tavsiflanuvchi “X” nuqtaning o„rni topiladi. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling