Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

 
15.4-rasm. Qatlamning haqiqiy qalinligini aniqlash 
 
Ikkinchi usul. Haqiqiy qalinligi aniqlanayotgan qatlamning biron bir yo„nalish 
chizig„i bo„ylab uning ostki va ustki yuzalarining mutlaq balandliklari aniqlanadi. 
Ularning ayirmasi qatlamning vertikal qalinligi bo„ladi. Qatlamning haqiqiy 



35

qalinligi esa (6) formula yordamida aniqlanadi. Masalan: qatlamning ostki yuzasi 
uchun o„tkazilgan 90 yo„nalish chizig„ida uning ustki yuzasini mutlaq balandligi 
110 m. bo„lgan nuqtada kesib o„tgan bo„lsin (15.5-rasm). Demak uning vertikal 
qalinligi 20 m ni tashkil etadi. Qatlamning haqiqiy qalinligi esa M=20 x Cos

45
0

20 x 0,71=14,2 m bo„ladi. 
Foydali qazilma zaxiralarini hisoblash uchun konlarni chegaralash 
usullari. Konni yoki uning ayrim uchastkalarini chegaralash ma‟dan tanalari 
maydonlari yoki ularning qidirilgan uchastkalarini topografik yoki marksheyderlik 
planlarida tog„ inshootlari, burg„i quduqlari, geofizik tadqiqotlar yoki foydali 
qazilma ochilmalari ma‟lumotlari bo„yicha belgilash va chegaralashdan iborat. 
Chegaralashga kirishidan oldin ushbu kon sharoitida zaxiralarning turini 
(balans yoki balansdan tashqari) aniqlash, qanday bo„sh tog„ jinslarini sanoat 
zaxiralarining chegarasi ichiga kiritmaslikni hal qilish kerak. Shuning uchun 
zaxiralarni hisoblashdan oldin asoslangan va tasdiqlangan konditsiyalarga ega 
bo„lishi kerak. 
15.5-rasm. Qatlamlarning qiya yotishi (sxematik geologik xarita). 
1-perm yotqiziqlari (gillar), 2-trias mergellari, 3-yura ohaktoshlari, 4-bo‘r 
alevrolitlari, 5-paleogen qumtoshlari. 
Chegaralashda avval tayanch nuqtalar belgilanadi. Keyin ular orqali chegara 
chizig„i o„tkaziladi. Chegaralar: 1) foydali qazilma tanalarining tabiiy 
chegaralarini; 2) foydali qazilma tanasining minimal sanoat qalinligiga ega 
chizig„ini; 3) foydali qazilma tanasidagi qimmatbaho komponentlar yo„q joy 
chizig„ini; 4) chegaraviy miqdorga ega foydali qazilma chizig„ini; 5) foydali 
qazilma xilma-xil turlari va navlarining chizig„ini; 6) turli kategoriyali zaxiralarga 
ega foydali qazilma tanasi bloklarini chegaralovchi chiziqni; 7) konni ochishni va 



36

o„zlashtirishdagi turli tog„-kon ekspluatatsiya sharoitlariga ega uchastkalar 
chegarasini tasvirlaydi. 
Ba'zan zararli aralashmalarning namunalardagi miqdoriga ko„ra konlar 
chegaralanadilar. Chegara ular tarkibining foydali qazilmani qayta ishlash keskin 
qimmatlashadigan yoki uning iloji bo„lmaydigan yuqori ko„rsatkichlari bo„yicha 
chiziladi. Unda ko„p hollarda chegaraviy miqdor yoki minimal sanoat qalinligi 
bo„yicha chegaralash amalga oshiriladi. 
Foydali qazilma tanalari maydonlarini chegaralashda ichki va tashqi chegaralar 
o„tkaziladi. Ichki kontur - tarkibi va qalinligiga ko„ra sanoat konditsiyasiga ega 
foydali qazilma topilgan chekkadagi qidirish inshootlarini birlashtiruvchi chiziqdir. 
Tashqi kontur - sanoat ahamiyatiga ega foydali qazilmani ochgan chekka 
inshootlar tashqarisida o„tkazilgan chiziq. 
Foydali qazilma tanasi maydonini chegaralashni interpolyatsiya va 
ekstrapolyatsiya usullari bilan o„tkazish mumkin. 
Interpolyatsiya usuli ikkita qo„shni inshootlar orasida joylashgan foydali 
qazilma tanasi uchastkasi uchun qimmatbaho komponentlarning (“agar ular 
inshootlar o„rtasida asta-sekin o„zgarib boradi”, deb faraz qilinsa) qalinligi yoki 
tarkibini aniqlashdan iborat. 
Ekstrapolyatsiya usuli. Foydali qazilmani ochgan inshootlar chegarasidan tash-
qaridagi foydali qazilma tanasi uchastkasi uchun qimmatbaho komponentlarning 
qalinligi yoki tarkibini (ularning asta-sekin o„zgarib borishi to„g„risidagi 
taxmindan kelib chiqib) aniqlashdan iborat. Foydali qazilmani ochgan va uni 
topolmagan inshootlar o„rtasidan tashqi chegara chizig„i o„tkaziladigan cheklangan 
ekstrapolyatsiya va tashqi chegara chizig„i qidirish inshootlari bo„lmagan ichki 
chegara tashqarisida o„tkaziladigan cheklanmagan ekstrapolyatsiya farqlanadi. 
Nishob (qiya) yotuvchi qatlamlar, linzalar, tomirlar, shuningdek nisbatan 
izometriktanalar maydoni planda chegaralanadi. Tik yotuvchi yassi tanalar 
maydoni uyumning o„rtacha yo„nalishiga nisbatan bo„ylama kesimlarda 
aniqlanadi. Bardavom o„rtacha yotish burchagiga ega tanalar uchun maydonlarni 
chegaralash uyumi yuzasiga parallel yuzada amalga oshiriladi. 
Foydali qazilma tanasi chegaralarini ochgan qidirish inshootlari ma'lumotlari 
bo‘yicha chegara o‘tkazish. Ko„p hollarda tanalarning chegaralari tog„ inshootlari 
yordamida belgilanadi. Bunda alohida tayanch nuqtalar chegara chiziqlari bilan 
birlashtiriladi (15.6-rasm). Ba‟zan kon (yoki uning uchastkasi) eroziya faoliyati 
bilan ochilgan tabiiy ochilmalar bo„yicha chegaralanishi mumkin. 
Chegarani geofizik ma’lumotlar bo‘yicha belgilash. Masalan, magnetit konini 
magnitometrik tasvirlash ma‟lumotlariga ko„ra chegaralash mumkin. Elektr 
profillash usuli bilan ba'zan slyudali pegmatitlar, kolchedan uyumlari va 
boshqalarning 
tarqalish 
chegaralari 
aniqlanadilar. 
Geofizik 
tadqiqotlar 
ma'lumotlari planlarda chizib ko„rsatiladi, tayanch nuqtalari belgilanadi. Keyin bu 
nuqtalar bo„yicha foydali qazilma tanasining chegaralari o„tkaziladi. 
Chegarani geologik ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash. Foydali qazilmaning 
qamrovchi mahsuldor tog„ jinslari bilan juda yaqin aloqasi aniqlanganda, 
uyumning tashqi konturi chegarasini qamrovchi mahsuldor tog„ jinslari tarkibining 
litologik yoki petrografik o„zgarishini e'tiborga olib o„tkazish mumkin. 



37


Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling