Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

15.8-rasm. Ikki nuqta 
orasida 
interpolyatsiyaning 
chizma usuli 
2. Gorizontal chiziqda 105- va 106-shurflar orasidagi masofa teng AB bo„lagi 
ajratiladi (15.9-rasm). A va B chekka nuqtalarida perpendikulyarlar tiklanadi. Bu 
nuqtalarda 105- va 106-shurflardagi namunalar bo„yicha foydali komponentning 
haqiqiy miqdorlariga teng bo„lgan AD va ВС bo„laklari ajratiladi. AD va ВС 
bo„laklarining uchlari birlashtiriladi. Keyin ВС bo„lagida chegaraviy miqdorga 
javob bera oladigan ВЕ miqdori ajratiladi. Ye nuqtadan АВ to„g„ri parallel chizig„i 
o„tkaziladi (uning K nuqtada parallel chizig„i bilan kesishguniga qadar). KE 
bo„lagi foydali komponentning chegaraviy miqdoriga ega 106-shurfdan 
masofaning noma'lum kattaligidir. 
Ekstrapolyatsiya usuli bilan kontur (tashqi chegara) chizig‘ini aniqlash. Agar 
ikkita qo„shni inshootlardan biri musbat ko„rsatkichlar bilan, boshqasi manfiy 
ko„rsatkichlar bilan tavsiflansa, ular o„rtasidagi qalinlikning nol konturi, foydali 
komponentning va metrofoizning miqdori cheklangan ekstrapolyatsiya usuli bilan 
aniqlanadi. 
15.9-rasm. 
Koordinatalar usuli bilan 
ikki nuqta orasida 
interpolyatsiyalash 



39

Odatda uyumlar ma‟dan tanasini kesib o„tgan va uning yo„qligini ko„rsatuvchi 
inshootlar orasidagi masofaning yarmida qiyiqlashadi, deb taxmin qilinadi. Ular 
to„g„ri chiziqlar bilan birlashtiriladi (15.10-rasm). Bu nuqtalarni birlashtiruvchi 
chiziq nol kontur hisoblanadi. Ba‟zi hollarda siyrak qidirish to„rida yoki geologik 
ma‟lumotlarga ko„ra ekstrapolyatsiyalash ba‟zan yaqin joylashgan musbat 
inshootlar orasidagi masofaning faqat ¼ qismida amalga oshiriladi. Agar 
linzasimon tana chuqurlik bilan qiyshiqlashsa, qiyiqlanish nuqtasi chizmada 
topiladi va u qirqimdan planga ko„chiriladi. 
Uyumning asta-sekin markazdan periferiyaga qarab qidirish inshootlari 
tomonidan aniq belgilangan qiyiqlanishida ekstrapolyatsiya qiyiqlanishning o„rta 
burchagi bo„yicha o„tkaziladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling