Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

P
1
toifasidagi bashoratlangan resurslar - bular razvedka qilingan, razvedka 
qilinayotgan va yangi topilgan konlarning resurslaridir. Ular muayyan bir kon 
zaxiralarining C
2
toifasidagi zaxiralar chegaralarini kengaytirish yoki ularning 
chegarasidan tashqarida qo„shimcha aniqlangan yangi foydali qazilma tanalari 
hisobiga ko„payishi mumkinligini aniqlaydilar. P
1
toifasidagi resurslarni baholash 
foydali qazilma potensial tarqalgan hajmlar doirasida olib borilgan geologik
geofizik va geokimyoviy tadqiqotlarga tayanadi. Shuningdek, konning geologik-
sanoat turi haqidagi tasavvurlarni hisobga olgan holda konning razvedka qilingan 
qismi bo„yicha olingan ma‟lumotlarni geologik ekstrapolyatsiya qilish natijalariga 
asoslanadi. P
1
toifasidagi resurslar geologiya-qidiruv ishlarining baholash bosqichi 
natijalari bo„yicha, razvedka ishlari olib boriladigan obyektlarni asosli tanlash 
uchun ishonchli tayyorlangan rezerv bo„lishi kerak. 
P
2
toifasidagi bashoratlangan resurslar - bu bashoratlangan potensial 
konlarning resurslaridir. 



46

Razvedka qilingan konlar (uchastka) asosida yangi tog„-kon korxonalarini 
loyihalashtirishga, faqatgina ular sanoatda o„zlashtirishga tayyor deb topilsa, DZK 
tomonidan ruxsat beriladi. 
Xalqaro tasnifda zamindagi resurslar o„rganilganlik darajasiga qarab uchta (R-
1, R-2, R-3) toifaga ajratilgan. Bundan tashqari sanoatda foydalanish imkoniyati 
bo„yicha resurslar uchta (E, M, S) subtoifaga bo„linadi. 
R-1 toifasiga foydali qazilmani qazib olish va qayta ishlashni tashkil etish 
uchun zarur bo„lgan mufassallik bilan o„rganilgan konlarning resurslari kiradi. Bu 
toifadagi zaxiralarni, amaldagi A, B, C
1
toifasidagi zaxiralar yig„indisi bilan 
o„xshatsa bo„ladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling