Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Qattiq foydali qazilma konlari zaxiralarining tasnifi


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Qattiq foydali qazilma konlari zaxiralarining tasnifi. Qattiq foydali qazil-
malar konlari zaxiralarining tasnifi yer qa‟ridagi foydali qazilmalar zaxiralarini 
hisoblash va qayd qilishning yagona tamoyillarini, shuningdek zaxiralarni sanoat 
maqsadlarida o„zlashtirish uchun tayyorligini aniqlash tamoyillarini konning 
o„rganilganligiga bog„liqligini belgilovchi asosiy hujjatdir. Foydali qazilmalarning 
zaxiralari mineral xomashyoning har bir turi uchun alohida hisoblanadi va qayd 
qilinadi. Buning ustiga ma‟dan zaxiralari bilan birga qimmatbaho komponentlar-
ning zaxiralaridan tashqari, shuningdek ularga hamroh bo„lgan qimmatbaho 
komponentlar ham majburiy ravishda hisoblanishi va qayd qilinishi kerak. 
Foydali qazilma zaxiralari ularning yer qa‟ridagi mavjudligi bo„yicha qazib 
olish, boyitish yoki qayta ishlashdagi yo„qotishlarni e‟tiborga olmasdan 
hisoblanadilar va qayd qilinadilar. Foydali qazilmalar tarkibi va xususiyatlari 
ularning tabiiy holatida, qazib olishda sodir bo„lishi mumkin bo„ladigan kamayib 
ketishidan qat‟i nazar aniqlanadi. Zaxiralar vazn va hajm birliklarida hisoblanadi 
va qayd qilinadi. Foydali qazilmalarning zaxiralari ularning milliy xo„jalikdagi 
ahamiyatiga ko„ra alohida hisoblanadigan, tasdiqlanadigan va qayd qilinadigan 2 ta 
guruhga bo„linadi: 1) balansdagi zaxiralar; 2) balansdan tashqari zaxiralar. 



44

1) balansdagi zaxiralar guruhiga, tasdiqlangan konditsiyalar bo„yicha 
ajratilgan, zamindan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish haqidagi 
qonuniy-me‟yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda, hozirda sanoatda mavjud 
bo„lgan yoki o„zlashtirilayotgan, ma‟danlarni qazib olish va qayta ishlashning 
progressiv texnika va texnologiyasini qo„llash sharoitida ishlatish iqtisodiy samara 
beradigan ma‟dan zaxiralari kiritiladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling