Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Mineral xomashyoga bo‘lgan talabni maksimal darajada qondirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Mineral xomashyoga bo‘lgan talabni maksimal darajada qondirish. Ayrim 
korxonalar va sanoat tarmoqlarining mineral xom ashyoga bo„lgan ehtiyoji balans 
metodi bilan, tovar mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatish hajmidan kelib chiqib 
aniqlanadi. Kerakli darajada samaradorlikni ta‟minlay olmaydigan konlar, ularni 



42

ishlatish uchun muvofiq texnik va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgunga qadar 
rezervda hisoblanadi. 
Konkret xomashyoga bo‘lgan ehtiyojning optimal darajasi. Ushbu prinsip 
faqat ushbu xomashyodan foydalanish ko„proq foyda keltiradigan sohalar uchun 
aniqlanadi. Barcha boshqa holatlarda xomashyoga bo„lgan ehtiyojni qondirish 
tabiiy resurslarni almashtirish va o„zaro almashtirishni hisobga olgan holda 
aniqlanadi. 
Tovar qiymatiga ega bo‘lgan, so‘nggi mahsulotlarni olishda minimal sarf-
xarajatlar qilib, tabiiy resurslardan maksimal darajada foydalanish. Konlarni 
baholash ularning zaxiralaridan to„liq va kompleks foydalanishni hisobga olgan 
holda olib borilishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda, geologiya-qidiruv 
ishlarini yuqori sifat bilan bajarish, ayniqsa razvedka qilingan zaxiralar miqdori va 
sifati haqidagi ma‟lumotlarning ishonchliligini ta‟minlash zarur. Ikkinchidan, 
razvedka qilingan mineral xomashyodan optimal darajada foydalanish va atrof 
muhitni muhofaza qilish zarur. Bu shartlar baholash ishlarini, foydali qazilmalarni 
qazib olish va qayta ishlashning eng mukammal texnika va texnologiyasi bazasida 
va sarf-harajatlarning muvofiq darajasini hisobga olgan holda olib borishni taqozo 
qiladi. 
Konlarning sanoat qiymatini aniqlovchi omillar. Konning sanoat qiymati 
ko„p omillar bilan aniqlanadi. Ularni shartli ravishda uch guruhga: ijtimoiy-
iqtisodiy, tog„-geologik va iqtisodiy-geografik omillarga bo„lish mumkin: 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling