Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

16 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Foydali qazilma konlarini geologik-iqtisodiy baholash tamoyillari va zaxira 
toifalari bilan tanishish. Konditsiya va uning ko‘rsatkichlarini aniqlash 
Ishning maqsadi: Foydali qazilma konlarini geologik-iqtisodiy baholash 
tomoyillari va zaxira toifalari bilan tanishish hamda ularni amalda tatbiq qilishni 
o‘rganish. Konditsiya va uning ko‘rsatkichlarini aniqlash. 
Nazariy qism: 
Yer osti boyliklari davlat mulki hisoblangan bozor iqtisodiyoti sharoitida, 
konlarni geologik-iqtisodiy baholashning bosh maqsadi - ularning zaxiralarini 
hisoblash uchun konditsiyalarni asoslash va mamlakat extiyojini qondiruvchi 
mineral xomashyo manbalari sifatida iqtisodiy ahamiyatini aniqlashdir. Geologiya-
qidiruv ishlarining barcha bosqichlarida konlarni to„g„ri va o„z vaqtida geologik-
iqtisodiy baholash ulardan oqilona foydalanishning asosi bo„lib xizmat qiladi. 
Foydali qazilmalarni izlashdan boshlab, konlarni geologik-iqtisodiy baholash 
geologiya-qidiruv ishlari har bir bosqichining ajralmas tarkibiy qismidir. 
Izlash va baholash ishlari tugaganidan so„ng, ularning natijalariga ko„ra, 
tadqiqot obyektida razvedka ishlarini olib borish maqsadga muvofiqligi aniqlanadi 
yoki obyektni salbiy baholash asoslanadi, razvedka ishlarini olib borish navbatlari 
va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi yoki bundan keyin bajariladigan ishlarning 
to„xtatilishi to„g„risida asosli qaror qabul qilinadi. Razvedka ishlari tugaganidan 
so„ng obyektning iqtisodiy ahamiyati yanada aniqlanadi, zaxiralarni hisoblash 
uchun konditsiyalar belgilanadi, kondagi zaxiralar tasdiqlanadi va u sanoatda 
o„zlashtirishga topshiriladi. Ishlab turgan tog„-kon korxonalarida o„tkazladigan 
ekspluatatsion razvedka ishlari jarayonida konning ayrim uchastkalari va 
bloklarida ularning tog„-geologik va texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlarini aniqlash 
uchun geologik-iqtisodiy baholash ishlari o„tkaziladi. Bundan tashqari, tarmoqning 
mineral xomashyo bazasi o„zgarganda, tog„ korxonasi mahsulotining narxlari 
darajasi o„zgarganda, yangi texnologiyalar paydo bo„lganda va kon sanoati 
iqtisodiyotini sezilarli o„zgartirib yuboruvchi boshqa shart-sharoitlar yuzaga 
kelganda, konlarni geologik-iqtisodiy qayta baholash ishlarini o„tkazish zarurati 
tug„iladi. 
Geologik-iqtisodiy baholash vazifalariga foydali qazilma konlarining nisbiy 
xo„jalik samaradorligi va sanoatda o„zlashtirishga jalb etish navbatini aniqlash 
kiradi, shuningdek, ishlab chiqarishga balansdan tashqari zaxiralarni yoki yangi 
konditsion ma‟danlarning zaxiralarini jalb qilish yo„li bilan, ishlab turgan kon 
korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalarini hal qilish kiradi. 
Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va geologik-iqtisodiy baholash 
jarayonida asosan quyidagi tamoyillarga amal qilinadi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling