Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Amaliy ishni bajarish tartibi 
Bunda yuqorida keltirilgan ma‟lumotlar asosida har bir talaba o„zining 
bajargan ishlari uchun zaxira hisoblashning toifalarini belgilaydi, konlarning 
sanoat qiymatini va kon uchun konditsiyaviy ko„rsatkichlarni aniqlaydi. 
Konditsiyalarning ko‘rsatkichlarini aniqlash. Eng kichik sanoat miqdori
foydali qazilma qidirish, o„zlashtirish va qayta ishlashga ketgan harajatlarni 
qaytarish hamda rejali daromad olish imkoniyatini yaratuvchi hisoblangan 
blokdagi foydali qazilma o„rtacha miqdorining quyi chegarasi. 
Eng kichik sanoat miqdori quyidagi tenglamadan aniqlanadi: 
М – foydali komponentning eng kichik sanoat miqdori (%); 
Х – bir tonna mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashning hamma 
xarajatlari (so„mda); 
B – bir tonna mahsulotning ulgurji bahosi (so„mda); 
АО – qimmatbaho komponentning ajratib olish koeffitsiyenti; 
I – qazib olishdagi aralashish koeffitsiyenti. 
Eslatma: eng kichik sanoat miqdori foizlarda emas, balki gramm/tonnalarda 
aniqlanuvchi foydali qazilma bo„yicha suratdagi 100 ko„paytiruvchisi chiqarib 
tashlanadi.
Konsentrat uchun formula quyidagi ko„rinishda bo„ladi: 
Bunda: а – foydali komponentning konsentratdagi miqdori; 
B
у
– konsentratning haqiqiy sifatlari hisobiga olingan holdagi o„zgartirilgan 
ulgurji bahosi. 
Metall uchun hisobda formula quyidagicha o„zgaradi: 
Davlat iqtisodiy bashorat va statistika tashkilotlari tomonidan ma'lum bir 
davrdagi mineral xomashyo va undan olinadigan mahsulotlarning fond 
birjalaridagi o„rtacha ulgurji baholari hisoblab chiqiladi. Sohalar bo„yicha 
tannarxga qo„shimcha ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarish uchun 
ma'lum bir miqdorda foyda darajasi (rentabellik) ishlab chiqarish fondlariga hisob 



50

qilinadi. Bundan tashqari, baholarda qidirish ishlariga sarflangan harajatlarni 
qaytarish ham ko„zda tutiladi. Shularni inobatga olinganda mineral xomashyodagi 
foydali komponentning minimal sanoat miqdorini aniqlash uchun formula 
quyidagicha ko„rinishda bo„ladi: 
Bunda: Е
о
– me‟yoriy ajratma mablag„lar; 
Х
р
– qidirish uchun xarajatlar. 
Shunga ko„ra konsentrat uchun baho bo„yicha minimal sanoat miqdorini 
aniqlash uchun formula quyidagi ko„rinishda bo„ladi: 
Metall uchun formula quyidagicha o„zgaradi: 
Bunda: Б
m
– 1 t. Metallning ulgurji bahosi; 
Х
m
– 1 t. Metallga mansub konsentrat tashilishi qo„shilgan holdagi 
metalluargik qayta ishlashning narxi
AO
y
- foydali komponentni turli nomdagi ajratib olishning texnologik 
imkoniyati mavjud va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo„lgan 
konsentratlardan ajratib olish; 
AO
m
- berilgan komponentni oxirgi mahsulot sifatida ajratib olish 
koeffitsiyenti. 
Ajratib olish koeffitsiyenti (AO) texnologik yarim sanoat tadqiqotlar asosida 
yoki soha bo„yicha faoliyat yuritayotgan korxonani bu ishda erishgan 
ko„rsatkichlar bo„yicha belgilanadi. Bu koeffitsiyent kon bo„yicha (ma‟dan 
turlariga ko„ra) foydali komponentning o„rtacha miqdoriga mansub. Minimal 
sanoat miqdori uchun ajratib olish biroz past bo„lishi mumkin. Biroq hisoblashni 
bu noaniqlik bilan ortiqcha murakkablashtirishni oldini olish uchun agar 
koeffitsiyentlar bir-biridan uncha farq qilmasa (10 nisbiy %dan oshmasa) ularga 
e'tiborsiz qarash mumkin. Ifloslanish (aralashib o„rtacha ko„rsatkichlar pasayishi) 
koeffitsiyenti (P) ni qazib olingan foydali qazilmadagi qimmatbaho komponentlar 
miqdorining, ya'ni ifloslanib bo„lingan miqdorning yer qa'ridagi bu komponentning 
miqdoriga nisbati sifatida aniqlash kerak. Bu nisbat odatda bir atrofida bo„ladi. 
Shuning uchun ifloslanish qancha ko„p bo„lsa, ma‟dandagi minimal sanoat miqdori 
shuncha ortiq bo„ladi. Sifati qimmatbaho komponentlar bilan bog„liq bo„lmasdan, 
tog„ jinsi xususiyatlari bilan bog„liq bo„lgan ba'zi foydali qazilmalar bo„yicha 
minimal sanoat miqdorining hisobi amalga oshiriladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling