Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
17.2-rasm. Burg‘i qudug‘i bo‘yicha ko‘mir qatlamining umumiy (I), ekspluatatsion (II) va foydali (III) qalinliklari Kon bo„yicha ma‟lum darajada bir maromda taqsimlangan qidiruv inshootlarining yetarli miqdordagi va inshootlar bo„yicha ma‟dan tanasi qalinliklarining nisbatan kichik o„zgarishlarida bu usul to„liq ishonchli natijalar beradi. U shuningdek konning sanoat bahosi to„g„risidagi taxminiy tasavvurlar uchun zaxiralar me‟yorini tezda “o„tkazib” yuborish imkoniyatini beradi. 17.3-rasm. Zaxiralar hisobida ma’dan tanasi shaklining o‘rtacha arifmetik miqdor usuli qo‘llanilganda qayta o‘zgarishining shakli. a- ma’dan tanasining plani; б-AB chizig‘i bo‘yicha qirqim; v-qayta o‘zgargan ma’dan tanasining aksonometrik proyeksiyasi Geologik bloklar usuli. Bu usul zaxiralarni hisoblashning juda sodda va juda ham kam mehnat talab qiladigan usullaridan biridir. Bu usulda foydali qazilma tanasining maydoni alohida uchastkalarga - bloklarga bo„linadi. Har bir blokda balandligi foydali qazilma tanasining o„rtacha qalinligiga teng bo„lgan yopiq - 66 - figuralar qatorlashtiriladi. Bunday bloklar chegarasida zaxiralarni hisoblash o„rtacha arifmetik miqdor usuli bo„yicha amalga oshiriladi (17.4-rasm). 17.1- jadval Ortacha arifmetik miqdor usuli bo„yicha zaxiralarni hisoblash formulyari а) o‘rtacha qalinlik va miqdorni aniqlash Burg„i qudug„i raqami Qalinlik, m. Foydali komponentning miqdori, % 2 8 48 4 6,5 50 7 4 47 8 4,5 45 9 5 51 11 6 47 13 6,5 50 17 3,5 48 21 5,4 46 22 4,5 47 23 3 49 25 6,2 46 Hammasi 12 ta 63,1 574 O„rtachasi 5,3 47,8 б) zaxiralar hisobi Maydoni (1000 m 2 ) O„rtacha qalinlik (m) Hajm (1000 m 2 ) Hajmiy massa (t/m 3 ) Ma‟dan zaxiralari (1000 t) Foydali komponentning o„rtacha miqdori (%) 462 5,3 2450 3 7350 47,8 Bloklar quyidagi belgilarga ko„ra belgilanadi: 1) zaxiralar hisobi uchun turli tasniflar bo„yicha turli darajada qidirilgan maydonlar ajratiladi; 2) turli navdagi foydali qazilmalarning maydonlari ajratiladi; 3) maydonlar ekspluatatsiyasining oldinma keyinligiga qarab ajratiladi. Kon bo„yicha foydali qazilmalarning umumiy zaxiralari ayrim bloklar bo„yicha zaxiralarni jamlash natijasida olinadi (17.2-jadval). 17.2- jadval Geologik usul bo„yicha ma‟dan va metal zaxiralarini hisoblash Blok raqa mi May- don, S (kv.m) O„rta- cha qa- linlik, (m) Ma‟dan tanasining xajmi,V (m 3 ) Hajmiy massa d (t/m 3 ) Ma‟dan zaxiralari, Q (t) Metallning o„rtacha miqdori, С (g/t) Metall zaxiralari (kg) 4 2450 0,62 1519 2,8 4253 47,4 201,6 - 67 - Ekspluatatsiya bloklari usuli. Bu usul qidirishnig so„nggi bosqichlaridagi qidiruv inshootlari allaqachon alohida ekspluatatsiya bloklarining (uchastkalari- ning) uchta yoki to„rtta chegarani tasvirlay boshlaganda zaxiralarni hisoblashda qo„llaniladi (17.5-rasm). Shu bilan birga chegaralangan inshootlar bo„yicha o„rganilganlik deyarli bir xildir. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling