Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Sof tug‘ma metallarning hisobi. Sochmalarni shurflar yoki burg„i quduqlari 
bo„yicha qidirishda oltinning o„rtacha miqdorini hisoblashda sof tug„ma 
metallarning hisobi amalga oshiriladi. Quyida ular hisobining eng keng tarqalgan 
usullari keltiriladi: 
1) yirik sochmalar yoki bir turli sochmalar guruhi bo„yicha oltin zarralarining 
elash tahlili amalga oshiriladi. Har bir sinfning oltini tortiladi va uning massasi 
oltinning umumiy massasining foizida ifodalanadi. Bundan tashqari har bir sinf 



84

oltin zarralarining o„rtacha massasi bu sinf zarralari massasining ular soniga 
bo„lish yo„li bilan aniqlanadi. Elakli tahlil ma'lumotlariga ko„ra sinflar bo„yicha 
jadval (18.2-jadval) va oltinning taqsimlanishi egri chizig„i tuziladi. 
18.2- jadval 
Sochmalardan biridagi oltinning sinflar bo„yicha taqsimlanishi 
Sinf 
Berilgan sinf bo„yicha 
oltin massasi (umumiy 
massaga nisbatan %) 
Berilgan sinf bo„yicha oltin 
massasining kami (umumiy 
massaga nisbatan %) 
№ 
Zarrachalar olchami 
(mm) 


40 
40 

1-2 
29 
69 

2-3 
10 
79 

3-4 

86 

4-5 

88 

5-6 

90 

6-7 

91 

7-8 

92 

8-9 
0.8 
92,8 
10 
9-10 
0,7 
93,5 
11 
10-11 
2,5 
96 
12 
11-12 

100 
2) 18.2-jadvalga ko„ra yoki oltin taqsimlanishining egri chizig„i bo„yicha oltin 
zarrachalarining eng so„nggi o„lchami aniqlanadi. Zarrachalarining o„lchami eng 
sunggi o„lchamdan katta bo„lganlari “sof tug„ma oltin” deb hisoblanadi. 18.2-
jadvalda oltin zarrachalarining birinchi oltita sinfi oltin umumiy massasining 90% 
ni tashkil qilishi ko„rinib turibdi. Shuning uchun 7-12 sinflardagi zarrachalar 7 
sinfdan boshlab noyob, tasodifiy hisoblanib, sof tug„ma oltin qatoriga kiritiladi
3) alohida inshootlar va burg„i quduqlari bo„yicha oltinning o„rtacha miqdorini 
hisoblashda massasi “sof tug„ma oltin” deb qabul qilingan zarralar massasidan 
kichik bo„lgan oltin zarralari to„liq hisoblanadi. Sof tug„ma oltinlar esa 
zarrachaning eng so„nggi massasiga teng bo„lgan massada hisoblanadi. Masalan, 
burg„i qudug„idan olingan tog„ jinsi yuvilganda 2 mg. mayda oltin, 15 va 32 mg li 
2 ta sof tug„ma oltin olindi. Oltinning o„rtacha miqdori chiqazilayotganda hisobga 
olingan oltin zarrachasining maksimal massasi 10 mg deb belgilangan. Bu holda 
burg„i qudug„i bo„yicha hisobga hamma mayda oltin massasi va ikkita sof tug„ma 
oltin massasidan 10 mg dan qo„shiladi: 20+10+10=40 mg; 
4) kon bo„yicha oltin zaxiralarining oxirgi raqamlariga sof tug„ma oltinlarga 
oid tuzatma kiritiladi. Tuzatma koeffitsiyenti qidiruv inshootlaridan olib yuvilgan 
oltin hamma massasining ko„rsatilgan usul bo„yicha hisobga kiritilgan oltin 
massasiga bo„lgan nisbat sifatida aniqlanadi, ya‟ni: 
1
q
q
R




85

Bunda: R - sof tug„ma oltin uchun koeffitsiyent (doim birdan katta); 
q - razvedka qilingan inshootlardan olingan oltinning umumiy massasi. 
q
1
- zaxiralar hisobiga kiritilgan oltin massasi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1. O‘rtacha miqdorlarni hisoblash deganda nimani tushunasiz? 
2. Foydali komponentning (yoki foydali komponentlarning) o‘rtacha miqdorini 
hisoblash haqida gapiring. 
3. Qalinlik bo‘yicha o‘rtacha vazniy miqdor usuli haqida gapiring. 
4. Qalinlik va hajmiy massalar bo‘yicha o‘rtacha muvozanatlashgan miqdor 
usuli haqida gapiring. 
5. Foydali komponentning o‘rtacha miqdorini kernga ko‘ra hisoblash usuli 
haqida gapiring. 
6. Foydali komponentning favqulodda yuqori miqdori bilan keskin ajraluvchi 
namunalar hisobi qanday aniqlanadi? 
7. Empirik, Analitik, Geologik usullar haqida gapiring. 
8. Sof tug‘ma metallarning hisobi qanday aniqlanadi? 



86


Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling