Alevrolit - tarkibining 50% dan ko„prog„i 0,01-0,1 mm. kattalikdagi alevrit
zarrachalaridan tashkil topgan, sementlashgan cho„kindi t.j.
Amalgamatsiya - oltinni maydalangan t.j. yoki qumdan simobda eritish yo„li
bilan ajratib olish.
Amfibollashuv - magmatik t.j.laridagi piroksenlar va b. minerallarning
amfibolga aylanish jarayoni. Bu jarayonlar asosan, tarkibi regional metamorfizm
yoki intruziyalarning kontaktli ta'siriga duchor bo„lgan magmatik, metamorfik va
cho„kindi t.j.lari uchun xosdir.
Anomaliya (geofizik, geokimyoviy va b.) – ma‟lum bir normal (fon, tan
olingan) miqdoriy yoki sifat ko„rsatkichlaridan keskin farqlanuvchi og„ishishlarga
ega bo„lgan, hududiy ajratilgan maydon.
Anshlif - ma‟danli minerallar joylashishi va tarkibini binokulyar ostida yoki
aks etgan nurda ko„rib o„rganish uchun sayqallab tayyorlangan t.j. namunasi.
Atmokimyoviy (gazli) izlash usuli - tarqoq va ayrim nodir elementlarni gaz
fazasida o„rganishga asoslangan.
Gidrokimyoviy izlash usuli - turli f.q.larni izlash maqsadida tabiiy suvlarning
(asosan yer osti) kimyoviy tarkibini o„rganish.
Aerofotoxaritalash - samolyot yoki vertoletga o„rnatilgan oddiy fotoapparat,
maxsus yengil kamera yoki oґir avtomatik tarzda harakatga keladigan apparatlar
yordamida Yer yuzasini (quruqlik va dengiz) suratga olish.
Balansdagi zaxiralar chegarasi - ma‟dan t.j.ning chegarasi bo„lib, uning
doirasidagi ma‟danlar xomashyo sifati, qalinligi, ma‟danlilik koeffitsiyenti, yotish
chuqurligi va boshqa gelogik iqtisodiy ko„rsatkichlari bo„yicha sanoat talablariga
(konditsiyaga) mos keladi.
Balansdan tashqari zaxiralar - foydalanish iqtisodiy nuqtayi nazardan yoki
texnik va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq bo„lmagan, biroq ularni
keyinchalik balansga o„tkazish imkoniyati bor bo„lgan zaxiralar. Agar qattiq f.q.
keyinroq qazib olish uchun yer ostida yoki omborlarda saqlash mumkinligi
isbotlangan bo„lsa, ular hisobga olinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |