-
89
-
Bashoratlash xaritasi - topilishi mumkin bo„lgan,
lekin hali aniqlanmagan
istiqbolli ma‟danli maydon va konlarni bashoratlash natijalarini ko„rsatuvchi va
keyinroq bo„ladigan geologiya qidirish ishlarining yo„nalishlarini ko„rsatadigan
xarita. Ularga faqat bashorat uchun kerak bo„ladigan elementlar tushiriladi.
Birinchi navbatda - barcha kon namoyonlar; ma‟dan joylashishi uchun mos
bo„lgan yoki tarkibida ma‟dan bo„lgan cho„kindi va vulkanogen formatsiyalar,
ma‟danlashuv bilan genetik yoki paragenentik bog„liq bo„lgan intruziv to„plamlar,
ma‟dan
nazorat qiluvchi tuzilmalar, metallogenik zonalar, f.q. tarqalish oreollari,
ma‟dan atrofi o„zgarish zonalari,
geokimyoviy, geofizik ma'lumotlar va b.
tushiriladi. Ma‟dan maydonlari istiqbollilik darajasiga muvofiq bir necha toifalarga
bo„linadi va keyinroq quyiladigan ishlar uchun maydon ajratiladi.
Biogeokimyoviy izlash usullari - foydali qazilma konlarini aniqlash
maqsadida biosferaning turli mahsulotlardagi kimyoviy elementlarning anomal
konsentratsiyalarini yoki organizmlarning muhitdagi
kimyoviy elementlarning
ta'siri reaksiyasini o„rganishga asoslangan.
Geokimyoviy izlash usullari - t.j., suv, atmosfera, o„simlik va hayvonot
organizmlarida kimyoviy elementlar yoki ularning birikmalarining
taqsimlanishi
hamda tarqalishidagi qonuniyatlarni qo„llagan holda f.q.larni izlash usuli. Ularning
ilmiy asosi - yer qobig„ida kimyoviy elementlarning harakatchanligi haqidagi
ta'limotdir.
Geologik blok - qidirib chamalashda ozmi-ko„pmi bir xil geologik shart-
sharoitlari, foydali qazilma qismlarining qalinligi,
tuzilishi, tarkibi, sifati va
xususiyatlari, toґ kon texnik shart-sharoitlari va shu kabilar bilan tavsiflanadigan
ma‟danli maydon yoki kon uchastkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: