-
94
-
ega minerallar guruhini ajratish imkonini beradigan petrografik-mineralogik
tadqiqotlar majmui. Magmatik, metamorfik va cho„kindi t.j. va ma‟danlarni
o„rganishda keng qo„llaniladi.
Minerallarning paragenetik assotsiatsiyasi - ko„p hollarda minerallar hosil
bo„lish bosqichi yoki uning alohida bo„lagida va bir vaqtda qonuniy sifatida hosil
bo„lgan minerallarning birlashmasi tushuniladi.
Mineralogik namunalash - f.q.larning mineral
tarkibini sifat va miqdor
jihatdan
tavsiflash,
minerallarini
tuzilmaviy
va
tekstura
xususiyatlari
(donachalarini o„lchamlari, shakli va nisbatlari), fizik xossalari (zichligi, qattiqligi,
mo„rtligi, ulanishi, radioaktivligi,
magnitlanganligi, elektr o„tkazuvchanligi,
ho„llanishi, kislotada erishi va h.k.), kimyoviy tarkibi, turli tabiiy va sanoat
turlaridagi ma‟danlarda taqsimlanishini aniqlash bo„yicha
olib boriladigan
ishlarning barchasi.
Namunalarga ishlov berish - t.j. yoki ma‟danni tadqiqotga tayyorlash
maqsadida
maydalash, elash, aralashtirish, qisqartirish va h.k.lardan iborat.
Namunalarga ishlov berish sxemasi - f.q. namunalarini tadqiqotlarga
tayyorlashning ketma-ketligi va sharoiti bo„lib,
qisqa va sxema shaklida
ifodalanadi. Ma‟dan xususiyatlari, namunaning dastlabki og„irligi, zarrachalar
diametri, turli maydalovchi dastgohlardan to„g„ri foydalanish
hamda tadqiqotchi
oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda yetakchi geolog tomonidan tuziladi.
Nuqtaviy namuna olish usuli - ma'lum tizim bo„yicha o„rganilayotgan
ma‟dan uyumi kesimida joylashgan alohida nuqtalardan namuna uchun sistemali
ravishda material tanlab olish. Namuna materiali diametri 1,5-3 sm.li bir xil hajmli
ma‟dan bo„laklaridan iborat bo„lib, namuna olish
nuqtalari uyum kesmasida
kvadrat yoki to„g„ri burchakli to„r bo„yicha joylashadi. Bitta namunada nuqtalar
soni o„rta hisobda 10 dan 100 gacha, ba‟zan esa undan ham ko„proq bo„lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: