Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Texnik-iqtisodiy mulohaza (TIM) - geologiya qidiruv jarayonining 
boshlang„ich bosqichlarida (1:50000, 1:25000 miqyosli tasvirlashda) va maxsus 
izlash ishlari bosqichlarida bajariladi. Uning maqsadi topilgan konlar va 
namoyonlarning bashoratli resurslarini P
1
va P
2
toifasi bo„yicha baholashdan 
iboratdir. 
Texnologik namunalash - f.q.larning texnologik xossalarini aniqlash va 
texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlari bo„yicha boyitishning eng yaxshi natija beradigan 
hamda xomashyodan kompleks foydalanishni hisobga olgan sxemasini ishlab 
chiqish. U yalpi usulda olingan namunalar bo„yicha amalga oshiriladi. 
Tozalangan maydoncha - tub t.j. va f.q.ni ochish maqsadida ikkilamchi 
qatlamlarni geologik qidirish ishlari jarayonida chetga surib tashlash natijasida 
yuzaga keltiriluvchi eng sodda tog„ inshooti. 
Tog‘ inshootlari - foydali qazilma yoki bo„shoq t.j. qatlamlarida olib borilgan 
tog„-kon ishlari natijasida yer qobig„ida hosil bo„lgan bo„shliqlar. 
Tog‘ jinslarning gidrotermal o‘zgarishi - atama ma‟danlashuv jarayoniga 
ta'siriga nisbatan turli ma'noda tushuniladi: 1) tarkibida ma‟dan bo„lgan t.j.ining 
gidrotermal o„zgarishi; 2) ma‟dan hosil bo„lishiga faqatgina shartli imkon beruvchi 
gidrotermal o„zgarishlar; 3) umuman ma‟dan hosil bo„lishiga daxlsiz gidrotermal 
o„zgarishlar. 
Tomir minerallari - yer yoriqlarini to„ldiruvchi asosiy minerallar. Bular 
kvars, kalsit, magnezit, dolomit, barit, flyuorit, ba'zan gips, ortoklaz, seolit va 
boshqalardir. 
To‘g‘ri kesimli jo‘yak - geokimyoviy namunalar olishda eng ko„p 
qo„llaniladi; to„g„riburchakli, kamroq kvadratli, juda kam uchburchakli kesimlari 
bo„ladi; butun uzunligi bo„yicha kengligi va chuqurligi o„zgarmaydi. Kesimlarning 
o„lchamlari ma‟danlarning xususiyatlari va ma‟dan jismlarining qalinligiga qarab 
aniqlanadi. Quyidagi o„lchamlar odatda keng tarqalgan (sm.larda) 2x5; 3x5; 3x10; 
5x10; 10x20 va h.k. 
Uragan namuna - f.q. konlarini izlash jarayonida olinib, boshqa 
namunalardan o„zining anomal yuqori miqdoriy yoki boshqa ko„rsatkichlari bilan 
keskin ajralib turadi. Blokda (konda) foydali komponentlarning mavjudligini 
o„rtacha miqdorini baholash maqsadida, maxsus chegaralashlar bilan qo„llaniladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling