Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Foydali qazilmalar ochilmasi - foydali qazilmalarning yer yuziga chiqib 
qolgan joylari. 
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi (DZK) - Vazirlar 
Mahkamasi qoshidagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash uchun doimiy 
konditsiyalarni va mineral xomashyoning qidirib chamalangan zaxiralarini 
tasdiqlovchi organ. Ushbu tasdiq asosida tog„-qazib olish korxonalari 
loyihalashtiriladi, tog„-kon sanoati istiqbolli rejalari ishlab chiqiladi. DZK f.q. 
konlarini qidirib chamalangan zaxiralarini hisoblash, mineral xomashyo uchun 
konditsiyalar ishlab chiqish va konlarni sanoatda o„zlashtirish uchun tayyorligini 
aniqlash sohalarida yagona tizim bo„lishi uchun kurashadi. Shu maqsadlarda DZK. 
aloqador vazirliklar va idoralar bilan birgalikda f.q. konlari zaxiralari tasnifini, 
shuningdek, ushbu tasniflarning f.q.larni har xil turlariga qo„llash bo„yicha 
yo„riqnomalarni Vazirlar Mahkamasida tasdiqdan o„tkazadi. 
Foydali qazilma uyumi - sanoat ahamiyatiga ega bo„lgan tabiiy mineral xom 
ashyoning yer yuzasida yoki yer ostida to„planishi. 
Foydali qazilma zaxiralari - geologiya-qidiruv ishlari yoki konlardan 
foydalanish jarayonida olingan ma‟lumotlarga ko„ra Yer ostida aniqlangan f.q. 
miqdori. O„zlashtirishning iqtisodiy jihatdan samaradorligiga qarab zaxiralar 
balans (foydali) va balansdan tashqari (o„zlashtirishdan foyda kelishi mavhum) 
turlarga bo„linadi. O„rganilganlik darajasi bo„yicha esa, A, B, C
1
toifasi bo„yicha 
qidirilgan zaxiralarga va C
2
toifasi bo„yicha dastlabki baholangan zaxiralarga 
ajraladi. 
Foydali qazilmalar zaxirasini hisoblash - Yer qa‟ridagi mineral 
xomashyoning sifati va miqdorini aniqlash. Quyidagi ishlarni o„z ichiga oladi: kon 



97

doirasini chegaralash, zaxiralarning xalq xo„jaligidagi ahamiyati, qidirilganlilik 
darajasi, yotishi, ma‟dan sifati va ularni qazib olish shart-sharoitlari, tarkibi va b.lar 
bo„yicha taqsimlash, qalinligi, miqdori va ko„rsatkichlari bo„yicha hisoblash 
bloklarini ajratish, ko„rsatkichlarning o„rtacha qiymatini aniqlash hamda ayrim 
bloklar bo„yicha zaxiralarni hisoblash ishlarini o„z ichiga oladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling