-
98
-
Qidirish obyekti - geologiya qidirish ishlarini o„tkazish
uchun belgilangan,
sanoat ahamiyatiga molik miqdordagi f.q. zaxiralarini aniqlash maqsadida ish olib
boriladigan kon maydoni. Ilgari qidiruv ishlari olib borilgan, lekin sanoat talabiga
ko„ra zaxiralari chegaradan chetda qolgan konlar maydoni ham shu jumladandir.
Qidirish to‘ri - qidirish inshootlarini joylashish sistemasi. T.j. va f.q.
jismlarini yotish sharoitiga qarab,
uning kvadrat, to„rt burchakli,
uchburchakli va
rombsimon joylanishlari mavjud. Ko„proq kvadrat va to„g„ri burchakli to„rdan
foydalaniladi. O„lchamlari konning geologik - sanoat turi va o„zgaruvchanlik
darajasiga, shuningdek qidiruvning bosqichiga bog„liq.
Qidirish tizimi - qidiruv inshootlarini o„tish ketma-ketligi, turi,
chuqurligi,
miqdori va makonda optimal joylashishi bo„lib, f.q. konlarini mufassal qidirish
ishlarini olib borishga kam harajat va vaqt ketishi hamda to„liq ma'lumot olinishni
ta'minlashga yo„naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: