Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Oz miqdorli ma’danlar - hozirgi vaqtda foydali komponentlar miqdori oz 
bo„lgani uchun sanoat ahamiyatiga ega bo„lmagan, lekin konditsiyalar 
kamaytirilganida qazib olish mumkin bo„lgan ma‟danlar. 
Oreol - kon yaqinidagi zonalar (oreol) bo„lib, ma‟dan hosil qiluvchi va boshqa 
o„ziga xos kimyoviy elementlar miqdorini atrofdagi t.j.larida ma‟dan hosil qiluvchi 
(birlamchi va singenetik tarqalish oreollari) hamda nurash (ikkilamchi va 
epigenetik tarqalish oreollari) jarayonlari natijasida boshqalarga nisbatan keskin 
farqli ko„rsatkichlarga ega bo„lishi. Bundan tashqari, minerallarni porfir 
ko„rinishidagi xol-xolliklari atrofida, asosiy massa hisobiga hoshiyaga o„xshab 
o„sib borishi ham tushuniladi. 
Punktir jo‘yak - bir hil hajmga ega namunalar olingan nuqtalar tizimi. 
Namunalar orasidagi masofa ma‟dan teksturasiga qarab 0 dan 3 sm.gacha, umumiy 
og„irligi 1 metrga 0,2 dan 2 kg.gacha bo„lishi mumkin. 
Siqimlab namuna olish usuli - ma‟dan to„plami yuzasidan ma'lum masofali 
to„r bo„yicha namuna olish. Bunda namuna tarkibidagi yirik va mayda materiallar 
nisbati to„plamdagi bilan bir xil bo„lishi kerak. Namunalar soni 3-5 dan 25 tagacha 
bo„lishi, kam hollarda undan oshishi mumkin. 



95

Texnik-iqtisodiy doklad (TID) - konni geologik iqtisodiy jihatdan tavsiflash 
va baholash. Geologik tashkilot tomonidan loyihalash institutlari bilan birga, 
dastlabki qidirish ishlaridan keyin tuziladi va tasdiqlash uchun davlat zaxiralar 
qo„mitasi (DZK)ga taqdim etiladi. TID lardagi konlarni baholash materiallari ko„p 
yillik tog„-kon sanoatining istiqbolini rivojlantirish va u bilan bog„liq bo„lgan 
sanoatning boshqa turlarini rejalashtirish uchun asos bo„ladi. Konni ijobiy 
baholash va TIDni tasdiqlash mufassal qidirish ishlariga mablag„ ajratish uchun
shuningdek, bo„lajak tog„-kon korxonasining loyiha topshirig„ini ishlab chiqish 
uchun asos bo„lib xizmat qiladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling