Konditsiyalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash - qidiruv ishlari bosqichi
tugallangandan so„ng zaxiralarni hisoblab ularni DZKga topshirish uchun
bajariladi. U f.q.ning moddiy tarkibini, texnologik xossalarini, gidrogeologik,
muhandis-geologik, tog„-geologik kabi tabiiy sharoitlarini qidirish talablariga
muvofiq har tomonlama o„rganishni nazarda tutadi.
Konni dastlabki baholash - baholash bosqichining boshlang„ich qismi bo„lib,
topilgan konning sanoat uchun umumiy ahamiyati va f.q.ni geologik joylashish
qonuniyatlarini aniqlashga yo„naltirilgan. Shu bilan birga, C
2
toifadagi ma‟dan
zaxiralari va P
1
toifadagi resurslar hisoblanadi.
Bashoratlash - f.q.larning yangi maydonlarini geologik dalillar asosida,
qanday va qayerga joylashganligini, resurslar miqdorini oldindan aytib berish,
tavsiya etish, fikr bildirish.
Konni mufassal baholash - f.q. konini sanoat uchun baholash, zaxiralarini C
2
toifasi bo„yicha, birinchi navbatda ishga tushiriladigan uchastkalarda C
1
toifasi
bo„yicha baholab iqtisodiy asoslash uchun o„tkaziladi.
Konni qo‘shimcha qidirish - konning chetlari va chuqur gorizontlarini yangi
aniqlangan qonuniyatlar va geologik-iqtisodiy ko„rsatkichlar asosida to„liqroq
o„rganish.
Kon (ma‟dan jismi) modeli - asosan 1:100-1:200 miqyoslarda tuziluvchi yer
qobig„ining kon yoki ma‟dan tanasini qamrab olgan bo„lagining hajmiy va moddiy
tasviri. Obyekt geologik tuzilishi, ma‟danlashuvning makondagi joylashuvi, tabiiy
turlari va b. xususida ma'lumot olish imkonini beradi.
Konlarning geologik-sanoatbop parametrlari - f.q. yotqiziqlarining va xom
ashyo tabiiy xossalarining miqdoriy geologik tavsifi bo„lib, bu konni o„zlashtirish
sharoitlariga va texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlariga, xomashyoni boyitish va qayta
ishlashga ta'sir qiladi. Bular ichidagi sistemalari, yotqiziq qalinligi, moddiy tarkibi,
sifati va texnologik xossalari, yotish sharoitlari, kondan foydalanishning
texnologik sharoitlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |