Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Ma’dan atrofi o‘zgarishlari - ma‟dan hosil bo„lishi jarayonlari bilan bog„liq 
qamrovchi t.j.laridagi o„zgarishlar. Ularga kvarslanish, seritsitlanish va b. kiradi. 
Ma‟danli konlarni izlash belgilari bo„lib xizmat qiladi. 
Ma’danli maydonning bashoratlash xaritasi - ma‟danlashuvning turli 
geologik omillar bilan bog„liqligi va bashoratli xulosalarni ko„rsatuvchi 1:10000 
(ba'zan 1:25000) va undan katta miqyosli ma‟danli maydonning tuzilmalar xaritasi. 
Shu bilan birga ma‟danli maydon doirasida xususan chuqurlikda (yoki kon va 
ma‟danli t.j.larni aniqlash uchun) bo„lishi mumkin bo„lgan ma‟danlashuvni 
bashoratlash. Alohida kon va ma‟dan namoyonlarini baholash va istiqbolli 



93

ma‟danli maydonni umumiy miqdoriy baholash uchun xizmat qiladi. U tog„-kon 
inshootlariga va burg„i quduqlarni joylashtirish bilan birga keyingi izlash-qidirish 
ishlarini yo„nalishlarini asoslab berishi kerak. 
Ma’danlilik koeffitsiyenti - murakkab tuzilishli konlarni zaxiralarini 
hisoblashda qo„llaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyent. U maydon qalinligini yoki 
qalinligi umumiy bo„lgan ma‟danli uchastkalar hajmini maydonga yoki ma‟danli
qatlamning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. U uch xil - chiziqli, maydonli yoki 
hajmli bo„ladi. Ma‟danlilik koeffitsiyenti zaxiralar hisoblanayotganda, agar 
ma‟dansiz uchastkalarning chegarasini aniqlab bo„lmagan taqdirda hisoblanadi. 
Ma’dan tanasini chegaralash usullari - plan va kesmalarda ma‟dan 
jismlarini chegaralashning (nulevoy, ishchi va b.) turli usullari. Asosan tayanch 
nuqtalari bo„yicha nuqtalar oralig„ini interpolyatsiyalash, yo„q bo„lib ketish 
burchagining 
o„rtachasi 
bo„yicha 
va 
ma‟lum 
nuqtalar 
bo„yicha 
elektropolyatsiyalash ajratiladi. Birinchi usul eng ishonchli hisoblanadi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling