Tayanch-xarakat apparatining kasalliklari va shikastlanishlarini davolashda, asosan


Download 322.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi322.53 Kb.
#1195375
  1   2
Bog'liq
2 3d974e7d94f99e504329db4906f1d873



Nazariy qism: 
 
Tayanch-xarakat apparatining kasalliklari va shikastlanishlarini davolashda, asosan, 
ikkita usul ishlatiladi: konservativ va operativ. SHuni aniq aytish kerakki, garchi 
travmatologiya va ortopediyada jarroxlik usullari taraqqiy etayotgan bo’lsa-da, 
konservativ usul asosiy o’rinni egallaydi. Konservativ davolashda asosan ikki omil 
farq qiladi: qotirish va tortish. Konservativ davolashda xarakatsizlan-tirish uchun 
ishlatiladigan ashyolar muxim ahamiyatga ega (gips bog’lam-lari, turli shinalar, 
apparatlar). 
G i p s q o’ y i sh t e x n i k a s i . Xamma qotadigan bog’lamlar ichida eng keng 
tarqalgani gips bog’lami xisoblanadi. Jarroxlik muassasalarida gips bog’lamini 
qo’yish uchun maxsus ajratilgan xonalar mavjud bo’lib, ular tegishli asbob va 
anjomlar bilan jixozlanadi. 
Gips xonasi ishini ta’minlash uchun u minimal jixozlangan va asboblarga ega 
bo’lishi kerak (30-rasm): 1) gips bintlari va longeta-larini tayyorlash uchun stol; 2) 
stol (yaxshisi ortopedik tipdagi, ma-salan, Xouli) gips bog’lamlarini qo’yish yoki 
oddiy bog’lam stoli cha-noqni ushlovchi moslamasi bilan; 3) gipsli korset qo’yish 
uchun mos-lama; 4) gips bog’lamini kesish uchun qaychilar, masalan, SHtill 
qaychisi (30-rasm, a); 5) tumshuq-qisqichlar gips bog’lamini egish uchun, masalan, 
Volьf qisqichi (30-rasm, v); 6) gipsni kengaytiruvchi, gips qirralarini kengaytirish 
uchun, masalan, Knorre kengaytirgichi; 7) pichoklar (30-rasm, d). Gips xonasida 
xammavakt tayyor gips bintlar va longetalar maxsus shkafda saqlanishi shart. 
Gips bog’lami quyidagi ijobiy xususiyatlarga ega: tanada bir tekisda va qattik 
yopishib turadi, tez qotadi, yengil olinadi. To’g’ri ko’yilgan gips bog’lami o’rniga 
ko’yilgan suyak bo’laklarini yaxshi ushlab turadi va shikastlangan oyoq,-qo’llar 
immobilizatsiyasini ta’minlaydi. 
Gips — bu 100-130°S da quritilgan kalьtsiy sulьfati. Quritil-gan gips mayda oq 
kukun u gidrofil xususiyatga ega, shuning uchun maxkam berkitiladigan metall 
qutilarda yoki shisha idishlarda saqlanishi shart. 
30-rasm. Gips bog’lamiga ishlov beruvchi asboblar. a — SHtill q,aychisi;b— arra; 
v — Volьf tumshuqsimon qisqichi; g — Knorre gips kengaytirgichi; d — gips 
bog’lamlarini qirqish uchun pichoq. 


M 400 markali gips yaxshi gips xisoblanadi, u 15°S suvda 10 minugda va 40°S 
suvda 4 minutda qotadi. Ushlab ko’rilganda gips kukuni bir tekisda mayda, bo’laklarsiz 
va qumoq-qumoqsiz bo’lishi kerak 
Qotishini sinab ko’rish uchun teng mikdorda gips va suv olinadi, qaymoqsimon 
bo’tqa tayyorlanib, tarelkaga yupqa qilib surtiladi. 5-6 minutdan keyin qotishi va uni 
urganda qattiq jism tovushi chiqishi kerak Xosil bo’lgan yupqa gips plastinkani 
tarelkadan ko’chirilganda u maydalanib ketmasligi va barmoq bilan bosilganda 
shakli o’zgar-masligi kerak Gipsning qotishini tezlashtirish uchun issiq suv ish-
latiladi (40-50
0
S) yoki oqak suvi ko’shiladi. Gipsni sekin qotirish uchun sovuq suv 
ishlatiladi va 1/2 choy qorshiqda osh tuzi, sut, kraxmal kleysteri yoki suyuq yog’och 
yelimi qo’shiladi. 
Gips bintlarni dokadan ham tayyorlash mumkin, uning chetlari qirqiladi. 
Bundam yumshoq o’ralgan doka bintlar tayyoriga nisbatan ancha elastikdir, doka 
bintlar uzunligi 3 metrdan oshmasligi kerak Bintlar uch o’lchamda tayyorlanadi: 3 
ga bo’lingan doka bo’laklaridan enli bint (23 sm), 4 qismga bo’linsa — o’rtacha 
(17 sm) va 6 qismga 
bo’lsa — ensiz (10-11 sm). 
Gips bog’lamlarining ikki xili bo’ladi: paxta-
dokali, flanelli yoki trikotaj taglikli va tagliksiz 
bog’lam. Xozirgi paytda fabrikadan tayyor xolda 
chiqadigan gips bintlari ko’proq ishlatilmoqda. 
Trikotaj bint va trikotaj paypoq taglik sifatida 
keng tarqaldi, chunki ular terini tirnalishdan, 
qirilishdan ximoya qilish bilan bir qatorda 
tagliksiz ko’yilgan gips bog’lamidan katta 
afzalligi bor. 
Tagliksiz gips bog’lami to’g’ridan-to’g’ri 
teri ustidan qo’yilib, teriga biror narsa 
surkamay, tuklari qirilmay ko’yiladi. Gips 
bog’lami ko’yil-ganda tananing bo’rtib turgan 
joylarini gips bog’lami siqib qo’yishidan himoya 
qilish kerak (31-rasm). 
Gips bog’lamining kamchi-ligi shundaki, u 
shish paydo bo’lganda tanani qattiq siqi- 
31-rasm. Gips bog’lamlarini kuyganda 
ezilishdan ximoya qilinadigan suyak 
do’ngliklari. 


shi mumkin, bu xolda uni almashtirishga to’g’ri keladi, shish kaytganda bog’lam 
bo’shab qolib, kam foyda bo’ladi. Buning oldini olish uchun tagliksiz 
aylanasimon (tsirkulyar) ko’yilgan gips bog’lami oldingi -yuzadan to’liq kesilib, 
shish qaytgach (3-5 sutkada) bog’lam yana gips bint yordamida qotiriladi. 
Tagliksiz gips bog’lami longetali yoki longetali-tsirkulyar bo’lishi mumkin. 
Gips bog’lamini qo’yishdan oldin zarurat bo’lsa, singan joy 
og’riqsizlantirilib, suyak bo’laklarini o’rniga ko’yiladi. SHishni kamaytirish 
maqsadida bog’lam ko’yilgandan keyin shikastlangan oyoq ko’tarilgan qo’l 
xolatida 1-2 sutkaga qoldiriladi. 
Gips bog’lamini qo’yishda kuyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 
1. Oldindan tog’ora suvi bilan bintlar va asboblar taxt qilib 
ko’yilishi kerak 
2. SHikastlangan qo’l yoki oyoqni xarakatsizlantirish va orom berish 
uchun ikkita yoki uchta bo’g’im gips bog’lami bilan qotiriladi. 
3. Gips bog’lamning yuqori va pastki qismiga 1-2 kavat enli bint 
o’raladi yoki trikotaj g’ilof kiydiriladi. 
4. Oyoq yoki qo’lga funktsional qulay xolat beriladi (bo’g’imda xarakat 
tiklanmagan xolda). 
5. Gips qo’yishda qo’l yoki oyoqni qimirlatmay ushlab turish kerak 
6.Gipsli bint bilan bog’lam qo’yishda xar bir o’raganda oldingi 
bintning 2/3 qismini spiral shaklida berkitish kerak Bintlarni 
periferiyadan markazga karab olib boriladi. Bintni buklamaslik 
kerak zarurat bo’lsa bint qarama-qarshi tomonidan qaychilanadi va 
tanaga moslashtiriladi. 
7.Bog’lam tana konturlariga to’liq yopishib turishi uchun har bir 
qavat ko’yilgach bog’lamni silab-silliqlash — modellash kerak SHu 
maqsadda butun kaft bilan bog’lam obdon silliq qilinadi. Tana 
konturlari, ayniqsa, suyak bo’rtib turgan joylar va gumbazlar kunt 
bilan modellanadi. 
8. Oyoq, yoki qo’lni butun kaft bilan ushlab turish kerak gipsda 
barmoqlar izi qolmasligi shart, chunki bunda teri va to’qimalar 
ezilishi mumkin. 
9. SHikastlangan oyoq yoki qo’l xolatini nazorat qilish uchun 
barmoqlarning tirnoq falangalari ochiq qoldiriladi. 
10.Gips bog’lami batamom quriguncha uni extiyotlash kerak chunki 
u sinib qolishi mumkin. 
11.Bog’lam xaddan tashqari siqmasligi yoki ortikcha bo’sh bo’lmasligi 
kerak Bog’lam ko’yilgandan keyin unga belgi qo’yish kerak ya’ni 
bog’lam ustiga qora qalam bilan singan suyaklar sxemasi va uchta sana 
bog’lam ko’ygan shifokorning familiyasi yoziladi. 


Uzunlikda va eni bo’yicha tayyorlanadi, oldindan sog’ oyoq yoki qo’lga 
mo’ljallab va chetlaridan markaziga tomon sustroq o’rab boriladi. Longeta 
xo’llangach, osilib turgan xolatida ikkala kaft yordamida silliqlanadi. Bukilgan 
joylarda (masalan, tirsak bo’g’imi yoki tovon) longeta qirqiladi va ortiqcha qismi 
ustma-ust ko’yiladi yoki erkin burmalari silliqlanadi. Longeta oyoq yoki qo’l 
aylanasining 1/2-2/3 ga qamrab olishi kerak 
Aylanma gips bog’lami qo’yilgach, 24-48 soat mobaynida uni nazorat qilish 
kerak chunki shish paydo bo’lib, siqishi va og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin, 
hatto ishemik kontraktura, falajlik va qo’l yoki oyoq gangrenasi yuz berishi 
ehtimol. 
Xamma turdagi gips bog’lamlar (32-rasm) gipsli longetalarga va aylanma 
bog’lamlarga bo’linadi. Aylanma bog’lamlar darchasimon va ko’priksimon 
bo’ladi. 
Gips bog’lamlarining turlari. 
a — gips longetasi; b — aylanma gips bog’lami; — koksit gips bog’lami; 
g — gips korseti; d — kontrakturani to’g’rilovchi gips bog’lami; 
e — ko’priksimon gips bog’lami. 

Download 322.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling