Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Ikkilamchi oreol - ekzogen jarayonlarning f.q.li konlariga ta'sirida hosil 
bo„lgan ayrim kimyoviy elementlar anomal konsentratsiyalari zonasi. 
Kanavalar - kesimi trapetsiyasimon, uzunligi katta (yuzlab m.), chuqur 
bo„lmagan (3 m.gacha) va eni 0,8 m.ni tashkil qilgan ariqsimon ochiq tog„ 
inshooti. F.q. ochish yoki ustki bo„shoq t.j.larning kesimini o„rganish uchun 
o„tiladi. 
Kernsiz parmalash - parmalash kern olmasdan amalga oshiriladigan. Bunday 
parmalash geologik tuzilishi ma'lum bo„lgan joylarda, hamda geofizika va boshqa 
usullar yordamida uni aniqlash mumkin bo„lgan hollarda amalga oshiriladi. 
Kimyoviy namunalash - f.q. kimyoviy tarkibini zaxira hisoblash, ma‟dan 
jismlari maydon va qalinligini topish va boshqa maqsadlarda aniqlash. 
Kon - Yer qobig„ining ma'lum maydonida turli geologik jarayonlar natijasida 
vujudga kelgan f.q. to„plangan joy. Konlardagi ma‟danlarning miqdori va sifati 
hozirgi zamon iqtisodiyoti va texnika taraqqiyoti nuqtai nazaridan sanoat talabiga 
javob bersa, bunday konlar sanoat ahamiyatidagi konlar deb yuritiladi. Ular 
zaxirasi, sifati va xalq xo„jaligidagi ahamiyatiga qarab kichik, o„rta hamda katta 
konlarga bo„linadi. 
Konvergensiya - turli kelib chiqish manbalari va yo„llar bilan o„xshash turdagi 
mahsulotlarning hosil bo„lishi. 
Konditsiyalar - sanoatning mineral xomashyo sifati va konni tog„-geologik 
ko„rsatgichlariga bo„lgan talablarining yig„indisi. Bu talablar f.q. zaxiralarini 
hisoblashda va chegaralashda qo„llaniladi. Ularga rioya qilinganda zaxiralar 
balansdagi va balansdan tashqari turlarga bo„linadi. Konditsiyalarning asosiy 
ko„rsatkichlari: 1). Hisoblash bloklari ma‟danlaridagi foydali komponentning 
(metallning) minimal sanoat miqdori. 2). Konning chegaralari aniqlanadigan 
chekka namunalardagi foydali komponentning bort miqdori. 3). Ma‟dan jismining 



92

minimal qalinligi va maksimal chuqurligi. 4). Ma‟danlilik koeffitsiyentining 
minimal ko„rsatkichi va ma‟danni ochish koeffitsiyentining maksimal ko„rsatkichi. 
5). Zararli aralashmalarning maksimal miqdori. 6). F.q. minimal zaxirasi va b. 
K.lar vaqtinchalik bo„ladi. Ularning darajasi xalq xo„jaligining talabiga va mineral 
xomashyo turining zaxiralari balansiga bog„liq bo„ladi va mineral xomashyo 
bazasining ahvoli hamda talab o„zgarishi bilan u o„zgaradi. K.lar geologik 
tashkilotlar tomonidan, loyihalash institutlari bilan birgalikda konning dastlabki va 
mufassal chamalash materiallari asosida bajariladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling