Yillik parallaks reja
Download 0.82 Mb.
|
2 5357047403323074017
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
YILLIK PARALLAKSREJA
Parallaks (yun. parallaxis — ogʻish) — fazoning biror nuqtasi (mas, yoritqich — sayyora, yulduz markazi)dan Yer orbitasining radiusi koʻrinadigan burchak. P. yoritqich bilan Yer orasidagi masofani aniklashga imkon beradi. Agar yoritqichning P.i maʼlum boʻlsa, trigonometrik formulalar yordamida uning Yerdan uzoqligini aniklash mumkin. Sutkalik P. — Yer radiusi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak (mas, Oy uchun sutkalik P. 57’2"70, Kuyosh uchun 8"80). Yillik P. — Yer orbitasining katta yarim oʻqi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak.Parallaks (yun. parallaxis — ogʻish) — fazoning biror nuqtasi (mas, yoritqich — sayyora, yulduz markazi)dan Yer orbitasining radiusi koʻrinadigan burchak. P. yoritqich bilan Yer orasidagi masofani aniklashga imkon beradi. Agar yoritqichning P.i maʼlum boʻlsa, trigonometrik formulalar yordamida uning Yerdan uzoqligini aniklash mumkin. Sutkalik P. — Yer radiusi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak (mas, Oy uchun sutkalik P. 57’2"70, Kuyosh uchun 8"80). Yillik P. — Yer orbitasining katta yarim oʻqi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak.Agarda biz biron bir obyektni turli nuqtalardan kuzatsak, biz uni turlicha yo'nalishlarda ko'ramiz. Kuzatiladigan yo'nalishlar orasidagi farqi oddiygina qilib parallaks deyiladi. Parallaks kattaligi kuzatuvchidan obyektgacha bo'lgan masofaga bog'liq bo'lganligi sababli, biz uni obyektlargacha bo'lgan masofani o'lchashda foydalanamiz. Insonning stereoskopik ko'rishi qobiliyati ushbu effektga (har holda ma'lum darajagacha) asoslangan. Astronomik masalalarni yechish uchun bizning ikkita ko'zimiz orasidagi masofa (taxminan 7 sm) dan ancha katta bo'lgan bazis chiziqlari talab etiladi. Yetarli darajada katta hamda qulay bo'lgan bunday bazis chiziqlari – bu Yer radiusi hamda uning orbital radiusidir. Ta`rif. Berilgan bazis masofani yoritgichdan ko`rinma burchagiga parallaks deyiladi. Parallaks ikki xil bo`ladi: sutkalik va yillik. Parallaks tushunchasi amalda keng qo`llanib, xususan, yoritgichlargacha bo`lgan masofalarni aniqlashda qo`l keladi. Biz quyidasutkalik parallaks mohiyati va uni aniqlash haqida gapirib o‘tamiz. Osmon jismlarining Yer sirtining biror nuqtasidan turib qaralganda ularning ko‘ringan o‘rinlari topotsentrik holatlari deyiladi. Ularning Yer markaziga nisbatan holatlari esa geotsentrik o‘rinlari deyiladi. Asosan hisoblashlar yoritkichlarning geotsentrik o‘rinlariga, ya’ni koordinatalariga nisbatan olib boriladi. Kuzatuvchi turgan joyni Yerdagi biror nuqta qilib tanlansa, u holda yoritgichning zenitdan uzoqligi o‘zgarishiga ko‘ra, uning sutkalik parallaksi kattaligi ham o‘zgarib boradi. Masalan, yoritgich zenitda bo‘lsa, uning parallaksi nolga teng bo‘lib, gorizontda bo‘lganda maksimumga erishadi. Yoritgich gorizontda bo‘lganda uning sutkalik parallaksi r0-gorizontal sutkalik parallaks deyiladi. Yoritgichning sutkalik parallaksi r yoritgichdan qaralganda, kuzatuvchidan o‘tgan Yer radiusining ko‘rinish burchagini, sutkalik gorizontal parallaks r0 esa, yoritgichdan qaralganda, qarash chizig‘iga tik bo‘lgan Yer radiusining ko‘rinish burchagini xarakterlaydi. KEM uchburchakdan (1.22-rasm): Yillik parallaks. Ma’lumki, Yer Quyosh atrofida aylanayotganda, Yer bilan birga uning sirtidagi kuzatuvchi ham fazo bo'ylab ko'chishi tufayli, u qarayotgan va nisbatan yaqinroq joylashgan yulduzning uzoqdagi yulduzlar foniga proyeksiyalangan o'rni ham siljib boradi. Oqibatda, bu yulduzning yil davomida qoldirgan «izi» uning Yer orbitasi tekisligiga qanday burchak ostida yotganiga ko'ra, aylana (qayd etilgan burchak to'g'ri bo'lsa), ellips (burchak 0°dan katta va 90° dan kichik bo'lsa) yoki yoy (burchak 0° ga teng, ya’ni yulduz ekliptika tekisligida yotgan bo'lsa) ko'rinishda bo'ladi. Yoritgichning yillik parallaksi n deb, yoritgichdan qaralganda, qarash chizig'iga tik bo'lgan Yer orbitasi radiusining ko'rinish burchagiga aytiladi. Nisbatan yaqin joylashgan yulduzlarning yil davomida uzoqdagi yulduzlar fonida bunday ko'rinma siljishlari yillik parallaks deyilib, bu hodisaning mavjudligi Yer Quyosh atrofida aylanishining isbotidir. Yoritgichlaming yillik parallaks hodisasi 1838-1839 yillari bir- birlaridan bexabar holda Rossiyada V.Ya.Struve va Germaniyada F.Bessel tomonidan kashf etildi. Yillik parallaks (yun. parallaxis — ogʻish) — Yerning Quyosh atrofida aylanishi sababli yulduzlar vaziyatlarining yillik koʻrinma oʻzgarishi. Yerdagi kuzatuvchidan yulduzgacha boʻlgan masofani aniqlashda qoʻllaniladigan kattalik. Gipotenuzasi Quyoshdan biror yulduzgacha boʻlgan masofaga, kichik kateti Yerning katta yarim oʻqiga teng boʻlgan toʻgʻri burchakli uchburchakning kichik burchagi shu yulduzning Y. p. boʻladi. Y. p. yoyning bir sekunddan (1") kam boʻlib, undan uzoq masofalarni oʻlchashda foydalaniladi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling