Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Geologik bloklar usuli - yetakchi geologik-sanoat parametrlari (qalinlik, 
miqdor, yotish sharoiti, chuqurligi, texnologik xususiyatlari va b.) yaqinligi asosida 
hisoblash bloklarini ajratish va chegaralab, f.q. zaxiralarini hisoblash. 
Geologiya qidiruv ishlarini loyihalash - Geologik (texnik) topshiriqda 
qo„yilgan masalalarni hal qilish maqsadida tuziladigan geologiya qidiruv ishlari 
loyihasi, loyihada joylangan uslublar majmuasi, bajarish texnikasi va texnologiyasi 
asoslanadi. Geologiya qidiruv ishlarini loyihasi va smetasini tuzish bo„yicha 
tasdiqlangan yo„riqnoma asosida amalga oshiriladi. 
Geologik hujjatlash - xaritalarda, planlarda, profil va kesmalarda maxsus 
geologik tadqiqotlarni o„tkazishda, tasvirlashda, izlash va qidirish ishlarida, 
shuningdek, konlardan foydalanishda, har tomonlama hujjatlashtirish (bayon 
qilish, izoh berish) va grafik tasvirlash. U o„z ichiga geografik bog„lanishni, 
ochilmalar, kern, kolleksiyalar, har xil namunalar va f.q.lardan olingan 
namunalarning joylarini izohlashni oladi. Tog„ inshootlarida hamda burg„i 
quduqlarida qilingan tasvirlashlar va hujjatlashlarni standartlashtirishga yordam 
beradi. Geologik partiyalarda o„tkazilayotgan ish turlariga qarab shlixli, borozdali, 
spektral namunalash jurnallari, shurflar va kanavalarni hujjatlashtirish jurnallarini 
tutish ko„zda tutiladi. Geologik hujjatlashga t.j. namunalari, shlixlar, kern, shlam, 
har xil namunalar, dala daftarlari, kundaliklar, ochilmalarni va tog„ inshootlarini 
izohlari, namunalash jurnallari, jadvallar, diagrammalar, xaritalar, planlar, 
tasvirlar, fotomateriallar va b. kiradi. 



90

Geologik topshiriq - ayrim geologik tadqiqotlar maqsad va vazifalarini 
dolzarb yo„nalishlar doirasida muvofiqlashtirish hamda Geologiya tarmog„ida 
qabul qilingan geologiya qidiruv ishlari bosqichlariga muvofiq olib borilishini 
ta'minlash maqsadida loyihalanish davridan ilgari tasdiqlanuvchi hujjat. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling