Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Ma’danli nuqtalar - sanoat ahamiyatiga ega bo„lmagan (o„lchamlari yoki 
metallar miqdori bo„yicha) ma‟dan namoyonlari. 
Ma’dan namoyonlari - ma‟dan minerallarining tabiiy holdagi yig„indisi. Ular 
sifati bo„yicha konditsiya talablariga deyarli javob beradi, lekin miqdori jihatidan 
shu davr iqtisodiy sharoitida qazib chiqarish obyekti bo„la olmaydi. Zaxiralari 
qidirish natijasida ko„payganda yoki konditsiya talablari kamaytirilganda kon 
toifasiga o„tishi mumkin. 
Ma’dansiz tog‘ jinslari - tarkibida ma‟danli minerallar bo„lmagan t.j.lari 
(bo„sh jinslar sinonimi). 
Ma’danli konlarning genezisi - ma‟dan konlarining paydo bo„lishi. U borliq 
xususidagi juda muhim ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga xizmat qilish bilan 
bir qatorda, ishlab chiqarish maqsadlarida baholashda amaliy ahamiyatga ega 
bo„lgan alohida konni genetik tasniflashning qaysi guruhi va turiga mansubligini 
aniqlash imkonini beradi. 
Ma’danlashuv to‘planishining geologik shart-sharoitlari - ma‟danni nazorat 
qiluvchi omillar atamasining sinonimi bo„lib, ularning orasida litologik, magmatik, 
tuzilmaviy-magmatik, litologik-tuzilmaviy, litologik-stratigrafik omillar katta 
ahamiyatga ega. Tektonik-magmatik, tuzilmaviy-fatsial, erozion kesim va 
chuqurliklar omillari ko„proq regional ahamiyatga ega. 
Ma’dan konlarini qidirishning gidrokimyoviy usuli - tabiiy suvlar kimyoviy 
tarkibidan ma‟danli konlarni qidirish maqsadida foydalanish. 
Metallogenik tahlil - metallogenik tadqiqotlar usuli bo„lib, foydali qazilma 
konlarini joylashish qonuniyatlarini aniqlash va metallogenik, hamda bashoratlash 
xaritalarini tuzishda qo„llaniladi. Batafsilligiga ko„ra regional metallogenik va 
ma‟dan nazorat qiluvchi omillarni metalogenik tahlillariga bo„linadi. 
Mexanik tarqalish oreollari - bo„shoq t.j.laridagi ma‟danli minerallarning 
ko„paygan miqdorini tarqalish oblasti bo„lib, f.q. yotqiziqlarining yuqori qismlari 
yoki ularning birlamchi oreollarini tarqalish doirasidagi fizik buzilishlar jarayonida
paydo bo„ladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling