Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
G‘ovaklilik foydali qazilma namunasidagi mavjud bo„lgan hamma g„ovaklar
hajmining uning foizlarda ifodalangan umumiy hajmiga bo„lgan nisbatidir. Quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bunda: d o - quruq ma‟danning hajmiy massasi; d y - ma‟danning g„ovakliligi. Bo‘shoqlanish koeffitsiyenti. Maydalangan foydali qazilma biror miqdori hajmining butun holatdagi (selik) shuncha miqdordagi hajmiga bo„lgan nisbatidir. Bu koeffitsiyentning aniqlanishi sochma va g„uddasimon fosforit konlarini, xarsangsimon temir ma‟danlari va boshqa qator foydali qazilmalarni qidirishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek ekspluatatsiya ishlarida (vagonetkalar, vagonlar, bunkerlar va boshqalarning sig„imini aniqlashda) texnik hisob-kitoblar qilish uchun juda zarur. U shunday aniqlanadi. Yaxlit ma‟dan hajmi aniq o„lchanadi. Keyin singan ma‟dan ma'lum bir sig„imdagi (masalan, 0,1 m 3 ) o„lchov qutisiga to„kiladi. Yengil silkitib ma‟dan sathi quti chetlariga moslanib taxta bilan tekislanadi. Ajratilgan ma‟danning hajmi o„lchov qutisi sig„imining ajratilgan ma‟dan miqdorining soniga ko„paytmasidan va o„lchov qutisi qismlariga nisbatan qiyosiy o„lchangan ma‟dan qoldig„ining yig„indisidan iborat: Bunda: V 2 - ajratilgan ma‟danning o„lchov qutilari o„lchamlariga ko„ra hajmi; V 1 - ma‟danning yaxlitlikdagi hajmi. Bo„shoqlanish koeffitsiyenti doim birdan katta bo„ladi va turli xil ma‟danlar, tog„ jinslari uchun 1,2-1,6 atrofida tebranib turadi. Ma’dan tanasi haqiqiy qalinligini aniqlash. Foydali qazilma zaxiralarini hisoblash uchun ma‟dan tanasidagi har bir kesimidagi (tog„ inshooti yoki burg„i qudug„i) haqiqiy qalinligini, shuningdek inshoot, blok yoki kon uchastkasining o„rtacha haqiqiy qalinligini bilish zarur. Tog‘ inshooti bo‘yicha ma’dan tanasi qalinligini aniqlash. Ma‟dan tanalari- ning qamrovchi tog„ jinslari bilan aniq kontaktida qalinlik bevosita tog„ inshootida hujjatlashtirish va namunalashda 1 sm. aniqlikda o„lchanadi hamda namunalash jurnaliga yoziladi. Agar ma‟dan tanasi o„z qalinligi doirasida navlarga ajratilsa, har bir navning qalinligi ham o„lchanadi. Ma‟dan tanasi faqat tog„ inshootlari bilan kesishsa-yu, ular tomonidan kuza-tilmasa, qalinliklarni o„lchash soni ma‟dan tanasini kesib o„tuvchi inshootlar soniga javob bera oladi yoki inshootlarning - 63 - ikkala devoridagi qalinliklar o„lchanganda ikki barobar oshadi. Inshoot tubida to„liq ochiladigan ma‟dan tanasining uzluksiz kuzatilishida uning qalinligi ma‟lum bir intervallar orqali, odatda namunalarni olish joylarida muntazam o„lchanadi. Ma‟dan tanasi qalinligi bir tekisda bo„lmaganda (bo„rtmalar va siqiqlarning mavjudligida), biroq foydali komponentning bir me'yordagi tarkibida namunalash punktlari o„rtasidagi oraliqlarda qalinliklar qo„shimcha o„lchanadi. Bunday qo„shimcha o„lchashlar bilan ma‟dan tanasi variatsiyasi koeffitsiyentlari va foydali komponent miqdorini qiyoslash yo„li bilan oydinlashtiriladi. Foydali komponent qalinligi variatsiyasining koeffitsiyenti uning miqdori variatsiyasining koeffitsiyen- tidan kichik bo„lsa, qalinliklarni qo„shimcha o„lchash kerak emas. Agar foydali komponent qalinligi variatsiyasining koeffitsiyenti foyda komponent miqdori varitsiyasining koeffitsiyentidan katta bo„lsa (30-50 % va undan ortiq), namunalar o„rtasidagi oraliqlardagi qalinliklar qo„shimcha o„lchanishi shart. Ma‟dan tanalarining qamrovchi tog„ jinslari bilan orasida yaqqol chegaralar bo„lmaganida ularning qalinligi namunalash natijalari bo„yicha oydinlashtiriladi. Ma‟dan tanasini kesib o„tuvchi tog„ inshootlaridagi namunalash chiziqlari qamrov- chi tog„ jinslarining yaqin uchastkalarini o„rab oladi. Keyin ma‟dan tanasining chegaraviy miqdori bo„yicha namunalash planida yoki zararli komponentning ushbu kon uchun qabul qilingan eng ko„p yo„l qo„yiladigan miqdori bo„yicha o„tkaziladi. Ma’dan tanasi qalinligini burg‘ilash qudug‘i bo‘yicha aniqlash kernni o„lchash bo„yicha (agar uning chiqishi to„liq bo„lsa) va foydali qazilma tanasidan burg„i qudug„ining kirish va chiqish chuqurligini qayd etish, burg„ilashni sinchkovlik bilan nazorat qilish va kuzatish yo„li bilan amalga oshiriladi. Agar burg„i qudug„i foydali qazilma tanasini uning qalinligiga noperpendikul- yar kesib o„tsa, unda haqiqiqiy qalinlik hisoblanganda kesishish burchagi uchun tuzatma kiritiladi. Bu holatda haqiqiy qalinlik chizmada grafik usulda aniqlanadi. Unda yirik masshtabda foydali qazilma tanasi va uni kesib o„tuvchi burg„i qudug„ining izi chizilgan bo„lishi kerak. Shunda analitik jihatdan quyidagi formulalar bo„yicha aniqlanadi: Bunda: m - foydali qazilma tanasining haqiqiy qalinligi; β - foydali qazilma tanasining yotish burchagi; - burg„i qudug„ining foydali qazilma tanasining kesib o„tgandagi zenit burchagi; - burg„i qudug„i azimuti bilan foydali qazilma tanasining yotish azimuti orasidagi burchak. Birinchi formula burg„i qudug„i ma‟dan tanasi yo„nalishiga perpendikulyar qo„yilganda va chuqurlikda azimutal og„ish mavjud bo„lmaganda, ikkinchi formula esa burg„i qudug„i tomonidan ma‟dan tanasi uning yo„nalishiga perpendikulyar bo„lmagan chiziq bo„yicha kesib o„tganda qo„llaniladi (17.1-rasm). Burg„i quduqlarining normaldan ma‟dan tanasining yo„nalishiga kichik burchaklarda og„ishi uchun tuzatma ahamiyatsizdir. Shuning uchun haqiqiy qalinlikni burg„i - 64 - qudug„i yo„nalishining ma‟dan tanasi yo„nalishiga perpendikulyarligini e'tiborga olib hisoblashni burg„i qudug„ining azimuti perpendikulyarning azimutidan 300 dan ortiq burchakka farq qilganda amalga oshirish kerak. Kern kam chiqqan holda ma‟dan tanasi qalinligini aniqlash uchun burg„i qudug„i karotaj qilinadi. Karotaj diagrammalarida toshko„mir, sulfid kabi konlarning ma‟dan tanalari qalinligi to„g„risida yetarlicha aniq ma'lumotlar olinadi. O‘rtacha qalinlikni aniqlash. Foydali qazilma tanasi bo„yicha quyidagicha amalga oshiriladi: 1) agar foydali qazilma tanasining ayrim kesimlari bo„yicha o„lchangan ayrim qalinliklar zaxiralar hisobiga kiruvchi maydon bo„yicha nisbatan tekis taqsimlangan bo„lsa, o„rtacha arifmetik qiymatlar usuli bilan; 2) qalinlik ta'sirining uzunligiga yoki maydoniga ko„ra uning ayrim qiymatlarini (agar qalinliklar o„lchash notekis taqsimlangan bo„lsa) o„rtacha tenglashgan qiymatlar usuli bilan. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling