Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

17 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Bajarilgan ishlar va olingan ma’lumotlar bo‘yicha, kon zaxirasini 
hisoblash usulini tanlash 
Ishning maqsadi: Bajarilgan ishlar va olingan ma’lumotlar bo‘yicha kon 
zaxirasini hisoblash usulini tanlash. O‘rtacha geologik ko‘rsatkichlarni hisoblash. 
 
Nazariy qism: 
Zaxiralarni hisoblash nafaqat hisoblash operatsiyalarining yig„indisi, balki 
geologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan barcha geologik, geofizik, 
geokimyoviy va boshqa eksperimental ma‟lumotlarni har tomonlama tahlil qilish 
va umumlashtirishdir. Zaxiralarni hisoblash natijasida konning uni o„rganishda 
erishilgan mufassallikni aks ettiruvchi geologik-sanoat modeli yaratiladi; foydali 
qazilmalarning va ulardagi foydali komponentlarning zaxiralari va bashoratlangan 
resurslari, zaxiralarning umumiy raqamlari va muhim geologiya-qidiruv 
parametrlarining bloklardagi o„rtacha ko„rsatkichlarining ishonchliligi baholanadi. 
Foydali qazilma konlarini baholashdagi xatoliklar, odatda, zaxiralarni 
hisoblash usulidagi nuqsonlar emas, balki, konning geologik strukturalardagi 
pozitsiyasi haqida, foydali qazilma uyumlarining morfologik xususiyatlari yoki 
ularning geologik tuzilish elementlari bilan bog„liqligi haqidagi noto„g„ri geologik 
tasavvurlar natijasida kelib chiqadi. 
Geologik adabiyotlarda zaxiralarni hisoblashning yigirmadan ortiq usuli 
keltirilgan. Ular bir-birlaridan shakli bo„yicha murakkab bo„lgan foydali qazilma 
tanasini, hajmi bo„yicha kattaligi teng bo„lgan, biroq shakli jihatidan oddiyroq 
bo„lgan geometrik jismlarga almashtirish usuli va razvedka kesimlaridan olingan 
eksperimental ma‟lumotlarni ular atrofidagi foydali qazilmalar hajmiga tadbiq 
etish usuli bilan farq qiladi. Geologiya-qidiruv amaliyotida uch usul keng 
qo„llaniladi: kesimlar, bloklar va statistik usullar. Eksperimental tadqiqotlar 
natijasida aniqlanganki, zaxiralarni hisoblashning turli usullarini qo„llash bilan 
bog„liq bo„lgan xatoliklar, hisoblash parametrlarini aniqlashdagi hisoblashning 



55

texnik operatsiyalari va ayniqsa o„xshatishlar bilan bog„liq bo„lgan xatoliklar 
kattaligidan ko„p bo„lmaydi. Shuning uchun har bir konkret hol uchun zaxiralarni 
hisoblashning shunday usulini tanlash kerakki, bunda konning geologik tuzilishi 
xususiyatlari maksimal darajada hisobga olingan bo„lsin, hamda, hisoblash 
jarayoni bilan bog„liq bo„lgan vaqt va mablag„lar sarfi kamroq bo„lsin. Zaxiralarni 
hisoblashning eng mas‟uliyatli operatsiyalari bo„lib ularning chegaralarini aniqlash 
va bloklarga bo„lish, razvedka kesimlari bo„yicha hisob parametrlarining o„rtacha 
ko„rsatkichlarini hisoblash va ularni kesimlar atrofidagi foydali qazilma hajmlariga 
tatbiq etish hisoblanadi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling