Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
Chegaraviy miqdor - balans zaxirasi chegaralanadigan foydali komponentning
eng kam miqdori. Eng kam sanoat miqdori chegaraviy miqdor kattaligining yuqori chegarasi hisoblanadi. Bir qator hollarda ular bir-biriga mos tushadi. Chegaraviy - 51 - miqdorning quyi chegarasi boyitish chiqindilari yoki shlaklardagi foydali qazilma miqdoridan ortiq bo„lishi kerak. Chegaraviy miqdor namunalash ma‟lumotlariga ko„ra aniqlanuvchi noaniq geologik chegarali konlar yoki uyumlar bo„yicha belgilanadi; u konning geologik xususiyatlariga -morfologiyasiga, foydali komponentlarning taqsimlanish xususi- yatlariga, yotish sharoitlariga va boshqalarga ko„ra aniqlanadi. Chegaraviy miqdor- ga ma‟dan tanalarining shakli, o„lchamlari, foydali komponentning zaxiralari, miqdori bog„liq bo„ladi. Chegaraviy miqdorning qiymati konning geologik xususiyatlariga mos keladigan va eng samarali o„zlashtirishni ta'minlaydigan qiymatini tanlash va bir qator variantlarni qiyoslash yo„li bilan aniqlanadi. Zararli aralashmalarning maksimal yo‘l qo‘yiladigan miqdori. Agar foydali qazilma zararli aralashmalar miqdoriga ko„ra tabiiy holda avvaldan boyitilmasdan amaliy foydalanish uchun yaroqli bo„lsa va uning sifati “GOST” hamda “TU” talablariga mos kelsa unda zaxiralarni balans zaxiralar qatoriga o„tkazish uchun zararli aralashmalar bo„yicha biror bir boshqa limitlar joriy qilinmaydi. Agar foydali qazilmalardagi zararli aralashmalar miqdori “GOST” hamda “TU” talablaridan ortiq bo„lsa va uning avvaldan boyitilishi zarur bo„lsa, zararli aralashmalarning maksimal yo„l qo„yiladigan miqdori tabiiy xomashyoga dastlabki xomashyodagi zararli aralashmalarning ma‟lum bir miqdorida konditsion konsen- tratning yoki tayyor mahsulotning boshqa turlarini olish imkoniyatini tasdiqlovchi texnologik sinovlar natijalariga ko„ra belgilanadi. Zararli aralashmalarning o„rtacha miqdoriga mos keluvchi namunalar va zaxiralarni hisoblashda kiritiluvchi, zararli aralashmalarning eng baland miqdoriga ega foydali qazilma turlarini ta‟rif- lovchi tog„ jinslarida texnologik sinovlar o„tkaziladi. Agar zararli aralashmalarni yo„qotish maxsus texnologik sxemalarni qo„llash va qo„shimcha xarajatlar bilan bog„liq bo„lsa, unda bu aralashmalarning chegaraviy yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan miqdorlarini belgilash maqsadida maxsus hisoblashlarni bajarishi zarur bo„ladi. Mineral xom ashyo turlari va navlarini ajratish. Konditsiyalarni o„zlashtirish- da texnologik qayta ishlash sharoitlariga ko„ra farqlanuvchi mineral xomashyoning turlari, ko„p hollarda, foydali qazilma turlari ham maqsadga va foydalanish sohasiga ko„ra ajratilishi zarur. Foydali qazilma turlari va navlari qidirish inshootlari bo„yicha chegaralanishi mumkin bo„lganda va tanlab qazib olinganda konditsiyaning minimal sanoat miqdori, minimal sanoat qalinligi va boshqa ko„rsatkichlari hisobi ularning har biri uchun alohida amalga oshiriladi. Qidirish ishlari jarayonida ma‟danlarni alohida tur va navlarini chegaralash- ning imkoni yo„q konlarda ular statistik holatda ajratiladilar; konditsiyalar ham shundan kelib chiqib belgilanadi. Bunda foydali qazilmaning har bir turi va navi uchun belgilangan baholar, shuningdek texnologik qayta ishlash jarayonida (saralanishda) ularning chiqishi (ajratib olinishi) e‟tiborga olinish kerak. Bu ma'lumotlar asosida konditsiyalarni hisoblashda e'tiborga olinadigan 1 tonna foydali qazilmaning keltirilgan (shartli) bahosi aniqlanadi. - 52 - Iste‟molchi tomonidan foydalanilmaydigan foydali qazilmaning turlari va navlari hisobidan chiqarib tashlanishin kerak. Ulardan konditsiyalar hisobida foydalanilganda ular foydalanish foiziga muvofiq qatnashishi shart. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling