Ruboiylarida tarbiya masalasi
Download 24.21 Kb.
|
32 BILET 1. Bobur ruboiylarida tarbiya masalasi Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. obur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola bo‘lib chiqar... U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag‘lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug‘vor nashidalarini surishni ko‘p marotaba o‘z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug‘ himmatli va oliy maqsadli shaxs bo‘lganligidan Farg‘ona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intildi. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Kobulga keldi va keyin Hindistondek bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‘ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javohirla’l Nehru o‘zining «Hindistonning ochilishi» va «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‘liq ushbu fikrlarni izhor etgan: «Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan. Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U azhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur san’at va, ayniqsa, adabiyotni sevardi». Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Zahiriddin Muhammad Boburning Sulton Ibrohim Lo‘diy bilan bo‘lgan tarixiy muzaffarona jangi manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostidagi muzeyda ko‘rarkan, ulug‘ hind xalqining Boburga nisbatan hurmat-ehtiromi kuchliligiga amin bo‘ladi. Yoki Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi «La’lbog‘-qal’a» tarixiy muzeyiga kirib Bobur va boburiylarga bag‘ishlangan xonalarni kezarkan, Bobur va uning vorislariga tegishli kiyimlar, uyro‘zg‘or buyumlari, harbiy qurol-aslahalar, Ustod Aliquli quygan toshotar to‘plar, miltiqlar — tufaklar, sovut, qilich-qalqonlar, dubulg‘a, ot kejimlarini(o‘q va qilich zarbasidan himoya qiluvchi yopinchiqlar), o‘sha davr kishilarini o‘z zamonlari liboslarida tomosha qilgan kishi Hindiston va Bangladesh xalqlarining Bobur va boburiylarga bo‘lgan hurmatlarini yorqin tasavvur eta oladi. 2. Xalq badiiy ijodiyotida bolalar qo'shiqlari alohida o'rin egallaydi. Olamni estetik idrok qilish, kayfiyatni ko'tarish, beg'ubor qalbda ezgulikni uyg'otish, ma'nan va ruhan tetik bo'lish bolalik duhyosidagi ta'lim- tarbiyadan boshlanadi. Bejizga buyuklar bolani ona qornidaligidanoq tarbiyalab borish kerak, - deb ta'kidlamaganlar. Ona eshitgan qo'shiq, tinglagan kuyi og'ushida qanchalik kayfiyati ko'tarilib, madaniy dam olsa, tug'ilajak farzand ruhan tetik, ma'nan sog'lom, qobiliyatli, zukko, mehr-oqibatli bo'lishi tabiiy. Bu jarayon go'daklik va bolalik davrida yanada mukammallashadi, ulg'aygan sari mustahkamlanadi. Bolalar anglaydigan milliy urf-odatlar, tabiat mo'jizalari, turmush jarayonidagi harakat-holat, ota-ona va boshqalarga bo'lgan munosabatlarni junbo'shga keltiradigan ichki kechinmalar, his-tuyg'ularning kattalar tomonidan bolalar idroki darajasida aytilgan, kuylangan, xirgoyi qilingan qo'shiqlar bolalar qo'shiqlaridir. Ular o'zining obrazliligi, ritmi, kuyi bilan boshqa lirik qo'shiqlardan ajralib turadi. Bolalar qo'shiqlari dastlab 1932-yilda nashr qilingan “Ashulalar to'plami”da chop qilingan. Bunda “Bozor boraymi qizim?”, “Boshginam og'riydi” kabi ikkita hazil-mutoyiba qo'shig'i kiritilgan. 1934- yilgi to'plamda esa “Qaychi-qaychi” termasi va “Laylak keldi” qo'shiqlari bosilgan. 1935-yilgi “Ashulalar to'plami”da ham bolalar repertuariga maxsus bo'lim ajratilib, to'qqizta bolalar qo'shiqlari nashr etildi. 3. Xalq og`zaki ijodi bola kelajagini ta`minlovchi asosiy omillardan biridir. Bolalarda kitobga mexr uyg`otishni asosiy maqsad qilib olgan xalqimiz uchun xalq og`zaki ijodi na`munalari juda qimmatlidir. Onalarning ilk allasi, buvi-bobolarning tunda so`zlab bergan qiziqarli , sarguzashtlarga boy ertaklari, maqollar-u topishmoqlarida Xalq og`zaki ijodining ilk na`munalari namoyon bo`ladi. “Zumrad va Qimmat” ,”To`g`rivoy va Egrivoy” kabi ertaklarda mahnatni sevuvchi, sofdil , mexribon qahramonlar o`zlarining murod va maqsadlariga yetadilar.Erinchoq, yolg`onchi qahramonlar esa qilmishlariga yarasha javob oladilar Ertaklardagi asosiy mavzu yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash aks ettiriladi.Kurash esa yaxshilikning g`alabasi ,yomonlikning zavoli bilan yakunlanadi. Ertaklarda turli qahramonlarning qiziqarli sarguzashtlari bayon qilinadi. Topishmoqlar xalq og`zaki poetik ijodining eng qadimiy va ommaviy janri bo`lib ,yechilishi mumkin bo`lgan masala, jumboq ma`nolarini anglatadi. Xalq hayoti turmush darajasi madaniyati urf-odatlari ma`lum darajada o`z ifodasini topadigan janr hisoblanadi. Maqollar. Hajmi qisqa va cheklangan, mazmunan serko`lam va chuqur ma`noni ifodalaydigan , shaklan she`riy va nasriy bo`ladigan, hayotiy voqea-hodisa haqida qat`iy hukm ifolanadigan ,shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradigan janr. Ilmsiz bir yashar, Hunari yo`q kishining, Ilmli ming yashar . Mazasi yo`q ishining. Mehnatdan kelsa boylik turmush bo`lar chiroylik Oy tunda kerak, Sevdiradigan ham til , Oy tunda kerak, Sevdiradigan ham til , Aql kunda kerak. Bezdiradigan ham til. Odobni odobsizdan o`rgan. Mehnat mehnatning tagi rohat. Yoshlikda olingan ilm toshga o`yilgan naqsh kabidir. Beshikdan to qabrgacha ilm izla. Mehnat bilan topganing qandu asal totganing. Tez aytishlar o`quchilarning nutqini rivojlantiruvchi xalq og`zaki ijodining asosiy janrlaridan biridir. Shokir sholipoyada shovqin solib shaldiroqni shaqillatdi. Saoat soatni soatsozga sozlatdi Sovuqda tustovuq sovuq qotdi. Qatiq qishda qattiq qotib qoldi. Qo`sh qo`lqop, qo`shovi ham bo`sh qo`lqop Jamila jiydani joyiga joyldi. Tubsiz dengiz dedingizmi? Dengiz tubsiz dedingizmi? Boqi bog`ga, soqi tog`ga bordi. Qurilishga terak kerak Qurilishga terak kerak Demak, ekmoq kerak terak Erkin egatga ertaki ekinni ertalab ekdi. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq,uloqcham uzun quloq Oq choynakka ko`k qopqoq Ko`k choynakka oq qopqoq Download 24.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling