Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

 
14.4-rasm. Geologik xaritada qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash. 
A,B va V - izlanayotgan uch nuqta, 500 va 550 - o‘tkazilgan yo‘nalish chiziqlari, 
VG - yotish chizig‘ining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasi, GG
1
 - gorizontallar 
orasidagi vertikal masofaga teng xarita miqyosidagi kesma, ВG
1
 - yordamchi 
chiziq, α- qatlamning yotish burchagi. 



28

Qatlamlarning yotish burchagini topish uchun qiymati kam bo„lgan yo„nalish 
chizig„ining yotish chizig„i bilan kesishgan nuqtasidan uning o„ng yoki chap 
tomoniga gorizontallar orasidagi vertikal masofaga teng kesma xarita miqyosida 
qo„yiladi. Masalan, agar gorizontallar orasidagi vertikal masofa 50 m. bo„lsa, 
xarita miqyosi 1:10000 da kesma uzunligi 0,5 sm. ga teng bo„ladi. Bu kesmaning 
ikkinchi uchi qiymati katta bo„lgan yo„nalish chizig„i bilan yotish chizig„i 
kesishgan nuqta bilan tutashtiriladi. Hosil bo„lgan to„g„ri chiziq va yotish chizig„i 
orasidagi burchak (γ) qatlamning yotish burchagidir. Chunki bu burchak vertikal 
tekislikdagi yotish burchagining gorizontal tekislikka o„tkazishdan hosil bo„lgan 
nusxasidir. Bu burchaklarning o„zaro tengligi (14.5-rasm) ko„rinib turibdi. 
Burg‘i quduqlari yordamida qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash. 
Bu usul qoplama jinslar ostidagi qatlamlarning yotish elementlarini aniqlashda 
qo„llaniladi. Bunday amalni bajarishda bir to„g„ri chiziqda yotmagan va tik 
qazilgan kamida uchta burg„i qudug„idan olingan ma‟lumotlardan foydalaniladi. 
Aks holda chiqarilgan natija noto„g„ri bo„ladi. Xaritaga tushirilgan 1, 2 va 3 
nuqtalar burg„i quduqlarining o„rni bo„lib, ularning barchasida ma‟lum bir ko„mir 
qatlami uchragan bo„lsin (14.6-rasm). 
14.5-rasm. Qatlamning xaritada yotish 
burchagini aniqlash. 
a-a
1
 qatlamning yo‘nalish chizig‘i, b-b
1
 va 
d-d
1
 - qatlam yo‘nalish chiziqlarining 
gorizontal tekislikdagi proyeksiyalari, 
v-g - qatlamning yotish chizig‘i, 
а-а - yotish chizig‘ining gorizontal 
tekslikdagi proyeksiyasi, γ - qatlamning 
yotish burchagi, α
1
 - yotish burchagining 
gorizontal tekislikka ko‘chirilgan vaziyati, 
agс - qatlamning o‘zaro perpendikulyar 
vertikal tekisliklardagi o‘rni. 
Burg„i qudug„i qazilgan birinchi nuqtaning mutlaq balandligi 300 m. va undan 
ko„mir qatlamigacha qazilgan chuqurlik masofasi 38,5 m., bu qiymatlar ikkinchi 
burg„i qudug„ida 200 m. va 95 m.ni, uchinchisida esa, 100 m. va 156 m.ni tashkil 
qilgan bo„lsin. Burg„i quduqlari qazilgan nuqtalarning mutlaq balandligidan 
qazilgan quduq chuqurligini ayirib, ko„mir qatlami yuzasining mutlaq balandligini 
aniqlaymiz. Bu raqamlar 300-38,5=261,5; 200-95=105; 100-156=56 ga tengdir. 
Uch nuqta o„zaro to„g„ri chiziqlar bilan tutashtirilib, uchburchak hosil qilinadi va 
uning tomonlarida ko„mir qatlami mutlaq balandligi 50 m.ga farq qiluvchi 
proporsional kesmalar ajratamiz. Uchburchak tomonlaridagi teng qiymatlar o„zaro 
to„g„ri chiziqlar bilan tutashtirilib, bir qancha yo„nalish chiziqlarini hosil qilamiz. 
Qiymati katta bo„lgan yo„nalish chizig„idan kichigiga qarab perpendikulyar 
o„tkazamiz. Bu esa ko„mir qatlamining yotish chizig„idir. Endi uning yotish 
elementlarini uch nuqta usulidagi kabi aniqlash mumkin. 



29


Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling