Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

 
14.2-rasm. Planda qatlamning 
yotish elementlari orasidagi 
munosabat. 
a
1
 va a
2
 - yo‘nalish chizig‘ining 
azimutlari, a
3
 - yotish chizig‘ining 
azimuti. 
Yotish burchagi deb yotish chizig„i bilan uning gorizontal tekislikka 
o„tkazilgan proyeksiyasi orasidagi burchakka aytiladi (14.1-rasm, DBA). Yo„nalish 
chizig„ining fazoda tutgan o„rni uning azimuti bilan, yotish chizig„iniki esa ham 
yotish azimuti, ham yotish burchagi bilan aniqlanadi. Odatda qiya yotgan geologik 
obyektlar uchun ularning yotish azimuti va yotish burchagi, tik (vertikal) 
yotganlari uchun esa, faqat yo„nalish azimutlari o„lchanadi. 
Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi. Qatlamlarning gorizontal 
yotishi qatlamlanish yuzasining gorizontal tekislikka nisbatan parallelligi bilan 
belgilanadi. Tabiatda qatlamlarning mutlaq gorizontal yotishi kamdan-kam 
uchraydi. Bu cho„kindi to„planayotgan havzalar yuzasi relyefining dastlabki 
notekisligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham hosil bo„layotgan qatlamlar 
yuzasi bir qancha qiyalikka ega bo„lishi mumkin. Bu qiyalik 1
0
-2
0
atrofida bo„lib, 
bunday qatlamlarni gorizontal yotgan deb qabul qilish mumkin. 
Keng maydonlarni egallab yotuvchi cho„kindi havzalari (dengiz, ko„l 
akvatoriyalari, materik tekisliklari va pasttekisliklari) yuzasining qiyaligi ancha 
kam, ko„z ilg„amas bo„ladi. O„rta Osiyoning g„arbiy qismini egallagan bepoyon 
Turon pasttekisligi shular jumlasidandir. Bu yerda hosil bo„layotgan to„rtlamchi 
kontinental yotqiziqlarining birlamchi yotish qiyaligi sezilarli emas. 
Tabiatda yuz berayotgan jarayonlarning barchasi muvozanatga intilish 
qonuniga asosan dastlabki notekis yuzalar cho„kindi hosil bo„lishi davomida 
tekislanib boradi. Bu muvozanat tektonik kuchlar natijasida buzilishi mumkin. 
Shuning uchun ham tektonik kuchlar ta‟sir qilmagan qatlamlar o„zining birlamchi 
gorizontal yotish holatini uzoq muddatgacha saqlab qoladi. 
Relyefi notekis bo„lgan tog„li o„lkalarda hosil bo„layotgan yotqiziqlarning 
birlamchi yotish qiyaligi ancha yuqori, 5
0
-10
0
va undan ortiq bo„lishi mumkin. 
Ularning birlamchi yotish burchagi hosil bo„lish sharoiti bilan chambarchas 
bog„liq. Elyuvial yotqiziqlar nurash materiallarining chetga olib ketilmaganligi 



25

sababli yuvilish yuzasi qiyaligini ifodalaydi. Delyuvial yotqiziqlar ham nurash 
materiallarining yomg„ir va qor suvlari yordamida tog„ yonbag„irlarida va ularning 
etaklarida to„planishi natijasida birlamchi relyef yuzasining nishabligiga bog„liq 
holda ma‟lum qiyalik burchagiga ega bo„ladi. Prolyuvial yotqiziqlar tog„oldi 
hududlarida sel singari kuchli vaqtinchalik suv oqimlari faoliyati natijasida 
to„plangan chiqaruv konus yotqiziqlarining o„zaro qo„shilib, tog„ tizmalari va 
tepaliklarni o„rab turuvchi qambar hosil qiladi. Bunday yotqiziqlar suv oqimi 
bo„yicha ma‟lum miqdorda g„o„lali jinslar, shag„al, qum va gilga ajralgan holda 
yotadi. Bunday yotqiziqlar ustki yuzasining qiyaligi ostki yuzasining qiyaligiga 
qaraganda ancha katta bo„ladi. Qatlamlarning dastlabki bir-biriga nisbatan o„zaro 
yotishi turlicha bo„lishi mumkin. 
Yuqorida ko„rib chiqilgan elyuvial, delyuvial va prolyuvial yotqiziqlar katta 
birlamchi yotish burchagiga ega bo„lishi bilan bir qatorda aniq va o„zaro parallel 
yuzalarga ega qatlamlar hosil qilmaydi. Ular bu yerda doimiy saqlanib qolmaydi 
va qaytadan yuvilib yirik cho„kindi havzalariga olib chiqib ketiladi. Shuning uchun 
ham bunday yotqiziqlarning yotish shakllariga to„rtlamchi davr hosilalarini 
xaritalashdagina ahamiyat beriladi. 
Birlamchi qiya yotuvchi shakllar vulkanogen yotqiziqlarga ham xos bo„ladi. 
Lava oqimlari, vulkan konuslari va gumbazlari shular jumlasidan bo„lib, ularning 
ustki yuzasi qiyaligi ancha katta va ostidagi yotqiziqlarga nomuvofiq yotadi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling