Tadbirkorlikning barcha sirlari-yu turlari va zaruriy xossalari yetarli darajada
Download 15.6 Kb.
|
kirish qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tadbirkorlik faoliyatining asosiy mohiyati hamda belgilari
O‘zbekiston iqtisodiyotining salbiy inqirozidan saqlab qolgan holda o‘z hissasini qo‘shmoqda hamda iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblanmoqda.Tadbirkorlik mamlakatimizning 2010-yilgi yalpi ichki mahsulotining deyarli yarim qismini tashkil qiladi, ya’ni 50-52 foizdan iborat edi. Afsuski, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich esa 10 yillikdan keyin ham 52,8 foizni ko‘rsatib bermoqda. Tadbirkorlik esa kichik bizneslarni hamda startaplarni o‘z ichiga oladi. Lekin mamlakatimizda hali ham tadbirkorlikning barcha sirlari-yu turlari va zaruriy xossalari yetarli darajada o’rganilmagani sababdan ham uning imkoniyatlaridan to’liq foydalanilgan yo‘q. Demak, tadbirkorlik fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Xususan, bozor munosabatlarini yaxshilashda hamda yuksaltirishini tezlashtiruvchi eng muhim omilllardan biri bu kichik bizneslar yoki umumiy tushuncha sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shu boisdan ham, iqtisodiyot tushunchasini keng targ‘ib qilishda, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda rivojlantirilishi niyatida xususiy tadbirkorlikka tashabbusli yo‘llar ochib berilmoqda. Buni esa tadbirkorlikni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan juda ko‘p qonun, farmon va qarorlar jamlanmasidan ham bilishimiz mumkin.Bularning hammasi albatta, davlatimizning taraqqiyotini o‘stirishga, va biz kabi yosh avlodni yetishtirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, mamlakatimizda olib borilayotgan so‘nggi iqtisodiy islohotlar aslida esa insoniyat hayotini ravnaq toptirishda hamda turmush tarzini yaxshilash va iqtisodiy-moliyaviy savodxonlikni oshirish vazifasini bajarmoqda. Chet el mamlakatlaridagi turmush tarzi va iqtisodiy taraqqiyotini ko‘rgan holda fuqarolarimiz bir qator Yevropa davlatlari hamda rivojlangan Yaponiya va AQSh kabi davlatlarning tajribasi yordamida kerakli ma’lumotlarni to‘plamoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy birlashmalar sonini oshirish, moliyaviy tomonlama tadbirkorlikni chuqur ta’minlab berish hamda xususiy katta-yu kichik bizneslarni qo‘llab-quvvatash niyatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etilgan.Uning vazifasi esa albatta, tadbirkorlikni har jihatdan qo‘llab, raqobat degan tushunchani rivojlanishidan iborat. 1.Tadbirkorlik faoliyatining asosiy mohiyati hamda belgilari Tadbirkorlik – shaxsiy daromad, foyda olishga asoslangan fuqarolarning erkin faoliyati hisoblanadi. Bunday faoliyat esa o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliyati va yuridik tomondan amalga oshiriladi. Tadbirkor aslida qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo‘jalik faoliyati, ayniqsa, vositachilik, sotish hamda xarid qilish, maslahat berish kabi amaliy topshiriqlarni shug’ullanadigan shaxs hamdir. Demak, tadbirkorlik faoliyati – ishlab chiqarishning asosiy turidir. O’zlarining kreativ g’oyalariga asoslangan holda faoliyat yuritadigan hamda tavakkalchilik bilan ish ko’radigan har qanday shaxsni tadbirkor deb nomlashimsiz ham mumkin. Agar uning tinimsiz qilgan ish mahsuli iqtsiodiyotga (ishlab chiqarish, savdo, ichki bozor, sanoat) foyda keltirsagina, haqiqiy tadbirkorga aylanadi. K.Makkonnеll va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va demak u «katalizator» vazifasini ham bajaradi. Ikkinchidan, biznеsni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdеk qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor – tashkilotchi shaxs bo’lib, yangi ishlab chiqarish tеxnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To’rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o’z mol-mulki, vaqti, mеhnati bilan, balki o’z shеriklari, aksiyadorlari qo’shgan mablag’lar bilan ham tahlikaga boradi. iste’molchilar uchun bozorni sifatli va hamyonbop mahsulot va tovarlar bilan ta’minlashdan, ish joyi sonini jadal oshirishdan, davlat hamda xususiy tadbirkorlik muassasalarini shakllanishiga yordamlashishdan va mulk egalariga iqtisodiy tomondan ko‘maklashishdan iborat. Hozirgi vaqtda esa tadbirkorlikni keng miqyosda rivojlanishi nafaqat iqtisodiyotni to‘xtovsiz rivojlanishi, hatto turmush va xo‘jalik aloqalarini tuzatishga, qishloq xo‘jaliginining serdaromad yangi usullarini topishga, tovar va xizmatlarni iste’mol bozori uchun ayniqsa, ichki bozorga ta’minlab berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari mamlakatimiz bo’ylab vujudga keltirilgan hamda sezilarli darajada rivojlanib kelayotgan iqtisodiyotning bu - tadbirkorlik faoliyati to’g’risida yuqorida Download 15.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling