Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Birinchi usul. Dengiz sathini ko„rsatuvchi bazis chizig„iga geologik kesma-
ning relyef gorizontallari bilan barcha kesishish nuqtalarini tushirish. 
Kesmaning vertikal miqyosiga muvofiq relyef gorizontallari balandligiga mos 
keluvchi mutlaq balandlik qiymatlarini balandga ko„tarib, balandlik nuqtalarining 
vertikal proyeksiyasini tuzish. 
Hosil bo„lgan nuqtalarni silliq chiziq bilan tutashtirish (agar xaritada jarliklar 
ko„rsatilmagan bo„lsa). 
Natijada topografik profilning egri chizig„i hosil qilinadi. 
Ikkinchi usul. Kesmaning bazis chizig„ini xaritadagi kesma chizig„iga chek-
kalari to„g„ri tushadigan qilib olish. 
Chekkasida xaritada kesma chizig„i bilan qirqishuvchi topoasosdagi barcha 
gorizontallarning o„rnini shtrix chiziqlari bilan belgilash. Ularning har biri 
yaqinida balandlik qiymatlarini yozib qo„yish. 
Bazis chizig„i nuqtalarini tanlangan miqyosda ularning balandligigacha 
chizmada proyeksiyalash. 
Hosil qilingan nuqtalarni o„zaro geologik kesmaning topografik profili 
hisoblanuvchi uzluksiz chiziq bilan tutashtirish. 
Kesma chizig„i muayyan bir gorizontalni bir necha bor kesib o„tishi ham 
mumkin. Bunda kesishish nuqtalari xaritada gorizontallardan pastdagi va 
yuqoridagi chegaraviy relyef balandliklari hisobga olingan holda uzluksiz silliq 
chiziq bilan tutashtiriladi (13.4 – rasm). 
 
13.4 – rasm. Geologik kesmaning topografik profilini tuzish 
Relyef chizig„i va miqyos chizig„i tushda ustidan yuritiladi va oraliqdagi 
yordamchi chiziqlar o„chiriladi. 



20

Kesmani geologik axborotga o‘tkazish. Geologik (stratigrafik va tektonik) 
chegaralarning kesma chizig„i bilan kesishgan nuqtalarini topografik profilning 
nulli chizig„iga o„tkazish, keyinchalik topografik profilga o„tkazish va unga mos 
keluvchi stratigrafik tabaqaning indekslarini yozib qo„yish (13.4–rasm). Burmali 
yotishda burma o„qini ham o„tkazish muhim; 
Agar kesma chizig„ida yoki uning yaqinida (xarita miqyosida 2 sm.dan uzoqda 
bo„lmagan) burg„i quduqlari joylashgan bo„lsa, ular kesma chizig„iga o„tkaziladi. 
Buning uchun kesma chizig„ining burg„i quduqlari bilan kesishgan nuqtalarida 
tanlangan miqyosda burg„i qudug„i kesmalari chiziladi va ularda geologik 
chegaralar o„rni belgilanadi (13.5 – rasm). 
Agar geologik hartitada qandaydir bir gorizontning strukturaviy xaritasi 
keltirilgan bo„lsa, uni topografik profilni ko„chirishga o„xshash usulda geologik 
kesmaga o„tkaziladi (13.5 – rasm). 
Nolli chiziqqa yotish elementlari ma‟lum bo„lgan nuqtalar o„tkaziladi. Buning 
uchun xaritadagi yotish elementining belgisini kesma kesib o„tuvchi har bir 
nuqtada gorizontal chiziqdan pastda transportir yordamida yotish burchagining 
vektori chiziladi. Agar bunday nuqtalar kam bo„lsa kesmadan muayyan 
masofalarda (2 sm.dan ko„p bo„lmagan) joylashgan yotish elementlarining 
qiymatlaridan foydalanish mumkin. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling