Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Amaliy ishni bajarish tartibi 
Geologik kesim tuzish uchun topografiya asosi tushirilgan qog„oz varag„i 
geologiya xaritasi yoki plandagi kesim chizig„i ustiga qo„yiladi. Keyin qog„ozning 
chap yoki o„ng chetidan boshlab xarita va planda mavjud bo„lgan hamma 
stratigrafik bo„linmalari orasidagi chegaralar aniqlanadi. Shundan so„ng qatlamlar 
qiyalik burchagi bo„yicha yotqiziladi. 
Geologik kesimlar geologik xarita va planlarni har tomonlama to„ldiradi va 
oydinlashtiradi. Geologik kesimlar geologik xarita yoki plan bilan bir vaqtda 
tuziladi va chuqurlikga qarab geologik o„zgarishlarni tasvirlaydi. 
Geologik kesim tuzishda geologik va geofizik kuzatishlardan, burg„ilash 
quduqlaridan, ariqcha, shurf, shtolnyalardan olingan ma‟lumotlardan foydalaniladi. 
Geologik kesimda tasvirlangan har bir qatlam yoshiga mos keladigan rang yoki 
shartli belgilar bilan ifodalanadi. 
Geologik kesimlar qidirish vositalaridan olingan ma‟lumotlar orqali dastlab 
birlamchi tuzilgan geologik qirqimlarning ma‟lumotlariga aniqlik kiritish, ma‟dan 
tanalarini yer ostida chegaralash maqsadida ham tuziladi. 
Ba‟zan kam qalinlikdagi, ammo hududning geologik tuzilishini tushunish 
uchun muhim bo„lgan qatlamlarni miqyossiz ko„rsatish mumkin (2 mm. 
qalinlikda). 
Boshqa hollarda muvofiq yotgan qatlamlar o„zaro birlashtiriladi. 
Vertikal miqyosni gradatsiyalash. Koordinatali qog„ozi (millimetrovka) 
standart varag„ining chap tomonida, ma‟lum masofada (chetidan 2-3 sm.) vertikal 
miqyos chizig„i o„tkazaladi. 
Geologik kesmaning xaritadagi chizig„i buyicha joy relyefining maksimal 
balandligi topiladi, masalan u 1420 m. bo„lsin. Agar, tanlangan vertikal miqyos 
kesmada 1:5000 (1 sm. da 50 m.) bo„lsa, unda balandlik belgilarini har 50 m. dan 
(1 sm.) o„tkaziladi, shuning uchun ham vertikal miqyos chizig„ida eng baland 
nuqtaning o„rni 1500 m. bo„ladi. Varaqning ustki qismidan ishning mavzusi va 
miqyosini ko„rsatish uchun yetarli bo„lgan joy tashlanib (5 sm.dan kam emas), 
nuqta qo„yiladi va uning mutlaq balandligi «1500 m.» deb ko„rsatiladi. Shu chiziq 
bo„yicha pastga qarab har 1 sm. da 1500, 1450, 1400, 1350, 1300 va h.k. ketma-
ketlikda nuqtalar ko„rsatiladi. 
Nol nuqtadan o„ngga qarab gorizontal holda bazis chizig„i yoki dengiz sathi 
ko„rsatiladi (balandlik nuqtalarining hisob olish chizig„i yoki dengiz sathi) va u 
geologik kesma chizig„i uzunligiga teng bo„ladi. Ish bajarish qulay bo„lishi uchun 
vertikal chiziqqa xaritadagi gorizontallar balandligiga teng bo„lgan nuqtalar 
qo„yiladi (ularnig qiymati varaqning pastki qismida ko„rsatilgan). Masalan, 
«uzluksiz gorizontallar har 80 m.dan o„tkazilgan». 



19

Bazis chizig„idan o„ngda chapdagiga o„xshash vertikal miqyos chizig„ini 
tushirish. 
Topografik profil tuzish. U ikki usulda bajarilishi mumkin. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling