Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
Nazariy qism:
Geologik kesimlar. Yer yuzasida ochilib yotuvchi tog„ jinslari geologik xaritalarda ikki o„lchami bilan tasvirlangani uchun ularning hajmi va chuqurlikdagi yotish sharoitlari to„g„risida to„la tasavvur olib bo„lmaydi. Shuning uchun ham geologik xaritalarda tasvirlangan tog„ jinslari va strukturalarning uchinchi o„lchami vertikal geologik kesmalar yordamida ko„rsatiladi. Geologik kesmalar yer po„stining ma‟lum bir chuqurligigacha olingan vertikal kesmadan iborat bo„lib, ular geologik xarita bo„yicha, burg„i quduqlaridan olingan ma‟lumotlar va geofizik materiallar yordamida tuzilishi mumkin. Geologik kesmalar yuqoridan kesma chizig„i, pastdan esa bazis chizig„i va yon tomonlardan vertikal miqyos chiziqlari orqali chegaralangan bo„ladi (13.1-rasm). Kesma chizig„i relyef yuzasining vertikal tekislik bilan kesishish chizig„idir. Bazis chizig„i esa geologik xaritalar bo„yicha kesmalar tuzganda yotqiziqlarning yotish shakllari va strukturalarni yetarli darajada ko„rsata oladigan chuqurlikdan o„tkazilgan gorizontal chiziqdir. 13.1-rasm. Geologik kesmaning umumiy ko‘rinishi Geologik kesma tuzishda kesma yo„nalishini to„g„ri tanlab olish juda muhim. Chunki xaritaning barcha yo„nalish bo„yicha ham joyning ichki geologik tuzilishi - 12 - to„g„risida to„liq ma‟lumot olib bo„lmaydi. Geologik kesmalar to„g„ri chiziq bo„yicha, ayrim hollarda siniq chiziqlar bo„yicha ham tuzilishi mumkin. Kesma chizig„ining ikki chekka nuqtasi, agar u siniq chiziqlardan iborat bo„lsa, sinish nuqtalari ham, katta harflar bilan belgilanadi. Agar tayanch burg„i quduqlari qazilgan bo„lsa, geologik kesma ular orqali o„tkazilishi kerak. Kesmada barcha geologik chegaralar (muvofiq, nomuvofiq va intruziv) bir xil uzluksiz qora rangli chiziqlar bilan ko„rsatiladi. Kesma chizig„i qatlam yo„nalishiga ko„ndalang o„tganda qatlamlar kesmada haqiqiy yotish burchagi bilan tushiriladi. Agar xaritada qatlamlarning yotish elementlari ko„rsatilmagan bo„lsa, ular kesma tuzish jarayonida aniqlanadi. Kesma chizig„i erozion qoldiq orqali o„tganda qatlamlarning ostki va ustki yuzasi chegaralari kesma bo„ylab to„g„ri chiziq yordamida tutashtiriladi. Bu to„g„ri chiziqning qiyalik burchagi qatlamning yotish burchagiga teng bo„ladi. Boshqa barcha muvofiq yotuvchi qatlamlar ham shunday burchakda tushiriladi. Xaritada qatlamlarning yo„nalish chizig„i orqali ularning yotish tomonini osongina aniqlash mumkin. 13.1 – ilova Qatlam yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lmagan chiziqda uning yotish burchagini aniqlash uchun nomogramma. Abssissa o‘qida kesma chizig‘i va qatlam yo‘nalishi orasidagi burchak, ordinata o‘qida - qatlamning izlanayotgan yotish burchagi. Qalin egri chiziqlar qatlamning yotish burchagiga to‘g‘ri keladi. O‘ngdagi sxemada nomogrammadan foydalanish tartibi ko‘rsatilgan. Kesma chizig„i qatlamlar yo„nalishiga diagonal o„tgan bo„lsa, ya‟ni kesma chizig„i bilan qatlamning yo„nalish chizig„i orasida ma‟lum bir burchak bo„lsa, qatlamlarni kesmaga tushirishda bu burchak albatta hisobga olinishi kerak. Chunki, - 13 - bu holda, qatlamlar kesmada haqiqiy yotish burchagi bilan emas, balki ko„rinarli burchagi bo„yicha tushiriladi. U burchak har doim haqiqiy yotish burchagidan kichik bo„ladi. Kesma chizig„i bilan qatlamning yotish chizig„i orasidagi burchak qancha kichik bo„lsa, kesmada qatlamning ko„rinarli yotish burchagi uning haqiqiy yotish burchagiga shuncha yaqin bo„ladi (13.1-ilova). Kesma chizig„i qatlamning yo„nalish chizig„iga qancha yaqin bo„lsa, kesmada qatlamning ko„rinarli yotish burchagi shuncha kichik bo„ladi va nihoyat, qatlamning yo„nalishi kesma chizig„ig„a mos kelganda, ya‟ni, boshqacha qilib aytganda, yo„nalish chizig„iga parallel bo„lganda, qiya yotgan qatlam ham kesmada gorizontal holda tasvirlanadi. Geologik kesmalarda vertikal va gorizontal miqyoslar bir-biriga teng bo„lishi va ular xarita miqyosiga to„g„ri kelishi kerak. Qatlamlarning qalinligi va yotish burchagi kichik bo„lganda kesmaning vertikal miqyosini kattalashtirib olish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, geologik kesmaning vertikal miqyosi uning gorizontal miqyosiga nisbatan oshishi bilan qatlamlarning kesmadagi yotish burchagi ham oshadi. Bunda qatlamlarning yotish burchagi qanchaga oshishi maxsus jadval yoki nomogramma bo„yicha aniqlanadi (13.2-ilova). 13.2 – ilova Gorizontal miqyosga nisbatan vertikal miqyos oshirilganda qatlamning yotish burchagi o‘zgarishini aniqlash uchun nomogramma. Abssissa o‘qida vertikal miqyosning necha karraga oshirilganligi, ordinata o‘qida esa izlanayotgan burchak o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Qalin chiziqlar qatlamning haqiqiy yotish burchaklariga mos keladi. O‘ngda joylashtirilgan sxemada nomogrammadan foydalanish tartibi ko‘rsatilgan. - 14 - Kesma chizig„i qatlamlarning yo„nalish chizig„ig„a parallel o„tganda qatlamlar geologik kesmada gorizontal holda vertikal qalinligi bo„yicha ko„rsatiladi. Bunda ularning haqiqiy qalinligi ham maxsus nomogramma yordamida aniqlanadi (13.3- ilova). Kesmalarda turli litologik tarkibdagi va yoshdagi tog„ jinslarining nisbati, ularning o„zaro munosabati (muvofiq yoki nomuvofiq yotishi, fatsial o„rin olishi, tugashi va boshqa xususiyatlari), bu jinslarning burmali yoki uzilmali dislokatsiyasi va foydali qazilmalarning tanalari, ya‟ni ularning chuqurlikda tutgan o„rni ko„rgazmali tasvirlanadi. Vertikal chuqurlik va kesmalarning uzunligi kesma tuzishda foydalanilgan daliliy geologik va geofizik materialga bog„liq bo„ladi. Geologik kesmalar geologik hisobatning muhim chizma hujjati bo„lib, geologik va srukturaviy xaritalarga ilova qilinadi. Geologik kesma yordamida rayonning geologik tuzilishiga aniqlik kiritilishi, «yashirin» dislokatsiyalarni aniqlash, yotqiziqlarning stratigrafik tabaqalari va litologik komplekslarining qalinligini, yotish chuqurligini va boshqalarni ko„rsatish mumkin. 13.3 – ilova Qatlamning o‘lchangan vertikal qalinligi bo‘yicha uning haqiqiy qalinligini aniqlash uchun nomogramma. Yoyli shkalada qatlamning yotish burchaklarining qiymati, abssissa o‘qida - vertikal qalinlik, ordinata o‘qida - izlanayotgan haqiqiy qalinlik belgilangan. Nomogrammadan foydalanish tartibi o‘ngda joylashtirilgan sxemada ko‘rsatilgan. Geologik kesmalar geologik xaritalar tuzishda geologik chegaralarning to„g„ri o„tkazilganligini nazorat qiluvchi omil, izoliniyali xaritalar tuzishda esa tayanch gorizontlarining yotish chuqurligi to„g„risidagi ma‟lumotlar manbai hisoblanadi. - 15 - Geologik kesmalar burg„ilash ishlari natijalari, geologik yoki strukturaviy xaritalar bo„yicha tuzilishi mumkin. Bunda kesma tuzish usullari turlicha bo„ladi. Geologik kesmalar o„rta va yirik miqyosli (1:25000 dan 1:200000 gacha) geologik xaritalarga ilova qilinadi. Geologik kesmalar tuzishda quyidagilar bajariladi: Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling