Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Nazariy qism: Kanavalar foydali qazilma konlarini yer yuzida qidirish
tortlamchi davr yotqiziqlarining qalinligini aniqlash hamda, tog„ jinslarining yotish 
elementlarini olchash uchun eng qulay bo„lgan texnik vositalardan biridir. 
Kanavalar faqat yer yuzasida maxsus tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan 
tog„ jinslarining qattiqlik kategoriyasiga qarab qo„l mehnati, har xil turdagi 
mexanizmlar (perforator, maxsus qazuvchi texnikalar) hamda, portlovchi moddalar 
yordamida qaziladi. Kanavalar portlovchi moddalar yordamida portlatilganda 
ishchilar tomonidan qaytadan tozalanib chiqiladi. 
Kanavalar texnik geolog, geologlar tomonidan hujjatlashtirilganda albatta tog„ 
geologok kompasidan foydalaniladi. Ularni hujjatlashtirish vaqtida dastlab 
quyidagi elementlari aniqlanadi . 
- kanavaning azimut yo„nalishi; 
- kanavaning relyefda qiyalik burchagi; 
- kanavaning tomonlari (Kanava 5 tomondan iborat bo‘ladi ya’ni ikki yon 
devori, kanavaning boshlanish va tugash devorlari, hamda tubi)
- kengligi – (d = 0,80 – 1,5 m.gacha); 
- chuqurligi – (h = 0,5 – 3,0 m.gacha); 
- uzunligi – (l = 10,0 m.dan bir necha km.gacha (magistral kanavalar)); 
- unda kesib o„tilgan tog„ jislarining kategoriyasi va h.k.lar. 
Kanavalarni vazifasiga ko„ra turlicha hujjatlashtirish mumkin. Tog„ jinslari-
ning ma‟danli komplekslaridan yo„nalishga ko„ndalang o„tuvchi kanavalarda (ma-
gistral kanavalarda) odatda faqat kanava tubi bo„yicha ma‟dan tanalari kesishgan 
vaziyatlarining chizmalari chiziladi. Ma‟dan tanasining yo„nalishi bo„yicha 
o„tuvchi kanavalar tubining chizmasini chizish yetarlidir. Yuzadagi ma‟dan 
tanalari murakkab tuzilgan ba‟zi bir holatlardagina kanava tubi va bo„ylama 
devorlaridan birining chizmasi chiziladi. Kanavaning ikkala devoridagi bo„shoq 
hosilalar foydali qazilma ekanligi aniq bo„lganda hujjatlashtirish zarur. Kanava 
chizmasining misoli yettinchi amaliy mashg„ulotdagi 7.1-rasmda ko„rsatilgan. 
Ariqchalarni geologik hujjatlashtirish tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. 
Buning uchun ariqchaning devori bo„yicha yoki tubi bo„yicha shnur-orientir yoki 
o„lchov lentasi tortiladi. So„ngra ariqchaning gabaritlari o„lchanadi va kerakli 
masshtabda ariqchaning plani chiziladi. Hujjatlashtirish davrida 1:25, 1:50, 1:100 
ba‟zi bir hollarda 1:200 masshtablar tanlanadi. 
Hujjatlashtirish intervallar bo„yicha yoki qatlamlar bo„yicha birin-ketin olib 
boriladi. Tog„ yon bag„irlari bo„yicha tik o„tilgan ariqchalar pastdan yuqoriga 
qarab hujjatlashtiriladi (12.1-rasm). 



9

Kanava № 1 ni hujjatlashtirish 
Masshtab 1:100 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling