Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

12.1-rasm. Kanava hujjatlashtirish va unda namunalashni o‘tkazish 



10

Ariqchalar hujjatlashtirishga tayyor bo„lgach bajariladigan operatsiyalarning 
tartibi quyidagicha: ariqchani tavsiflash, namunalar olish, o„lchovlar bajarish, 
rasmini chizish, fotosuratga olish, ariqchani reestrga kiritish. Ariqchani tavsiflash 
deganda u kesib o„tgan va ochilgan geologik kesimning ta‟rifi tushuniladi. Bu 
geologik kesimni tashkil etuvchi tog„ jinslarining hammasi alohida-alohida 
ta‟riflanadi. Ariqchaning rasmini chizishda ochilgan ariqchaning devorlari va tubi 
bo„yicha rasmi chiziladi. Odatda ariqchaning tubi va uzun devorlaridan birining 
tasviri chiziladi. 
Ammo, ariqcha yo„nalishi tog„ jinslari yo„nalishiga ko„ndalang bo„lsa, ikkala 
uzun devorda bir xil geologik kesim kuzatiladi. Lekin, ariqcha murakkab geologik 
kesimni ochgan bo„lsa, u holda ariqcha tubi, ikkala uzun devor va ikkala kalta 
devorlarining rasmi ham chizilishi mumkin. 
Ariqchalarni hujjatlashtirishda keng ko„lamda fotografiyadan foydalanish 
mumkin. Buning uchun ariqchaning fotosuratga olinadigan yeri yaxshilab 
tozalanishi kerak. 
Ariqchalar reestrida ularning nomeridan, joyidan va yo„nalishidan tashqari, 
ariqchalarning kattaligi (o„lchamlari), namunalar soni, namunalarni tekshirish 
natijalari va boshqa ma‟lumotlar ko„rsatiladi. Kanavaning tubi, ya‟ni gorizontdagi 
proyeksiyalari plani bashoratlash xaritalariga uning boshi va oxiri koordinatalari 
(topograflar tomonidan olinadi) olinib tushirilganda tog„ jinslari, ma‟danli qatlam 
va xatto geologik davrlarning yer yuzidagi chegaralarini aniqlash mumkin. Shu 
sababli geologlar har bir o„tilgan kanavaning gorizontal planini xaritalarga doimiy 
ravishda tushirub boradi va bu bilan har qanday ma‟danlashuvni nazorat qilib 
borish mumkin. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling