2-seminar mashg’uloti. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Yerning shakli va kattaligi haqida umumiy tushuncha
Download 58.36 Kb.
|
2-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer sharining harakati. Yerning o`z o`qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi. Yerning yillik va sutkalik harakati.
2-seminar mashg’uloti. YER SAYYORASI.YERNING YILLIK VA SUTKALIK HARAKATI. JOY PLANI VA GORIZONT TOMONLARI (2soat) Umumiy ma’lumot. Yerning shakli va kattaligi haqida umumiy tushuncha. Yerning shakli haqidagi dastlabki tasavvurlar. Hozirgi vaqtda Yerning shar shaklida ekanligi hech kimni taajjublantirmaydi. Biroq yerning shaklini aniqlab, uning shar shaklida ekanligini dalillash uchun insoniyat uzoq vaqtlar davomida juda ko‘p mehnat qilgan. Ajdodlarimiz yerning shaklini turlicha tasavvur etganlar. Qadimgi odamlar katta kemalar, temir yo‘llar qurishni bilmaganlar, shuning uchun ularda uzoq o`lkalarga sayohat qilish uchun imkoniyat ham bo‘lmagan. 0‘z o‘lkasidan chetga chiqmagan kishilar yerning shakli va kattaligi, sayyoramizda qanday joylar, mamlakatlar borligi to‘g‘risida aniq tasvvurga ega bo‘lmaganlar. Shu tufayli yerning shakli va xorijiy o‘lkalar to‘g‘risida har xil mavhum tushunchalar kelib chiqqan, afsonalar va rivoyatlar to‘qilgan. Ayrim xalqlar “Yerning atrofini dengiz o‘rab olgan, ustiga esa billuriy osmon qoplangan”, deb tasvvur qilganlar. Dengiz atrofida yashovchi xalqlar “Yerni uchta katta baliq ko‘tarib turibdi, baliqlar qimirlaganda zilzila ro‘y beradi”, deb o‘ylash- gan. Hindiston xalqlari “Yerni bahaybat fillar ko‘tarib turibdi”, o‘zbeklar esa “Yerni ho‘kiz shoxida ko‘tarib turibdi”, deb hisoblaganlar. Vaqt o‘tishi bilan odamlar katta - katta dengiz kemalari qurishni o‘rganib oldilar, shundan keyin dengizlarda sayohat qila boshladilar. Dengiz sohillaridagi mamlakat xalqlari bilan savdo aloqalari boshlandi. Ular asta-sekin boshqa dengizlar va mamlakatlar borligini bilib oldilar. Qadimgi odamlar yerni yassi yoki gardish shaklida deb bilganlar. Lekin uzoq o‘lkalarga sayohatlar ko‘paygan sari yerning shakli haqidagi tushunchalar ham o‘zgaraverdi. Insoniyatning peshqadam vakil lari, olimlar oy va quyosh kabi yer ham osmon jismidir, uning chekkasi yo‘q, u sharsimon shaklda, degan fikrga kela boshlaydilar. Qadimgi odamlaming, yer sharsimon emasmikin, degan fikrga kelishlariga ulaming dengiz sayohatlari vaqtidagi kuzatishlari sabab bo‘lgan. Masalan, kemada suzuvchilar biror shaharga yanqinlashayotganlarida ularga dastlab shahardagi baland minoralaming uchlari ko‘rinadi. Shaharga yaqinlashgan sari boshqa imoratlar ham birin-ketin ko‘rina boshlaydi. Yerning yuzasi do‘ng, qavariq bo‘lganligidan shunday hodisa ro‘y beradi. Quyosh chiqayotgan vaqtda quyosh nurining dastlab tog‘larning tepasiga, keyin etagiga, baland binolarga, daraxtlar uchiga, shundan keyingina past joylarga tushishi ham yerning sharsimonligini tasdiqlovchi dalillardir. Oy tutilishi hodisasi va uning sababi hozir ko‘pchilikka ma’lum. Oy tutilganda to‘lin oy chap tomonidan sekin-asta qoraya boshlaydi, muayyan vaqtdan keyin doiraviy qora dog‘ oyning sirtini butunlay qoplab oladi; oy yerning soyasida qolganda shunday hoi ro‘y beradi; demak, doiraviy qora dog‘ yerning soyasidir. Yer sharsimon bo‘lganligi uchun uning soyasi ham doira shaklida bo‘ladi. Ufqning doira shaklida bo‘lishi ham yerning sharsimonligidan dalolat beradi. Kishi qancha baland ko‘tarilsa, ufqning ko‘rinma uzoqligi shuncha kattalashadi. Yaqin o‘tmishda yering sharsimonligi shu dalillar bilan isbotlangan. Hozirgi kosmik asrimizda bunday dalillarga hojat yo‘q. Yerning sharsimonligini hozir hamma tan olgan. Chunki fazogir kosmonavtlar yerning sharsimon shaklda ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar va uni rasmga oldilar. Qadimgi Yunon olimi va mutafakkiri - Aristotel (miloddan avvalgi 384-322 yy) yerning sharsimonligi haqida birinchi dalil ko‘rsatgan bo‘lsa, vatandoshimiz, ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yy) yerning sharsimon shaklda ekanligini O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib isbotlagan. XVII asrning yarmigacha yer aniq shar shaklida deb hisoblab kelingan. Keyinchalik bunday tasvvurning to‘g‘riligiga shubha bilan qarashga majbur etuvchi faktlar vujudga kelgan. Jumladan 1672-yilda Parijdan Kayyennaga (Janubiy Amerika) astronomik soat olib borilgan. Kayyennada bu soat kunida 2 minut 28 sekund orqada qola boshlagan. Bunga og‘irlik kuchining, binobarin, mayatnik tebranish tezligining ekvatorga tomon kamayib borishi sabab bo‘lgan. Og‘irlik kuchining qutblardan ekvatorga tomon kamayib borishi yer qutblarining siqiqligiga bog‘liq. Bir toshni ipga bog‘lab gir aylantirsangiz, ip tortilib tarang bo‘ladi, hatto uzilib ketishi ham mumkin. Bunga toshni aylantirganda vujudga keladigan markazdan qochuvchi kuch sabab bo‘ladi. Yer shari doimo aylanib turganligidan unga ham markazdan qochuvchi kuch uzluksiz ta’sir etadi. Ana shu kuch ta’sirida yerning qutblari biroz siqilib, yer salgina yassilangan - ellips shakliga kirgan. Yer nihoyatda katta bo‘lganligi sababli uning tortish kuchi ham katta; yerning atrofida atmosfera qatlamini ham shu tortish kuchi ushlab turadi. Lekin ko'pchilik geografik o‘lchov ishlarida yerning shakli sharsimon deb qabul qilinadi. yerning ekvator radiusi - 6378,2 km; qutb radiusi -6356,8 km; qutbiy siqiqligi -21,4 km; ekvator aylanasi - 400757 km; meridian aylanasi - 40008,5 km; Yeming sathi – 510 mln.83000 km.kv; yerning hajmi – 1083 km.kub. Yerning shakl va o'lchami yer tabiatining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Yer sharsimon bo‘lganligidan quyosh nuri yerga turli geografik kengliklarda turli burchak bilan, masalan, ekvator atrofiga tik, qutbiy rayonlarga yotiq tushadi. Shuning uchun ekvator atrofida issiq, qutbiy rayonlarda sovuq bo‘ladi. Yer - quyosh sistemasidagi quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan qer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda - 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar - suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. Yer sharining harakati. Yerning o`z o`qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Yerning andozasi bo`lmish globusni hammangiz ko`rgansiz. Globusda yer shari qiya holda tasvirlanadi. Yerning o`qi haqiqatan ham qiya va bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Faqat yerning o`qi globus yoki velosiped g’ildiragiga o`xshar ekan, deb o`ylamang. Geyzerlar yerning o`qi to`g’ri chiziqdir, uni xayolan Shimoliy va Janubiy qutblar o`rtasidan o`tkazish mumkin. Yerning o`qi qiyaligi tufayli ham biz yashab turgan joyda fasllar almashadi, yoz o`rniga kuz, kuz o`rniga qish, qish o’rniga bahor va bahor o`rniga yoz keladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagicha tajriba o`tkazing: bitta globus va stol chirog’i olin geyzerlar unda yerni globus, stol chirog`ini esa quyosh deb faraz qilin Geyzerlar agar siz globus ushlagan qo`lingizni chiroq atrofida aylantirsangiz, quyosh Janubiy va Shimoliy yarim sharlarni bir xil yoritmayotganini ko`rasiz. Shimoliy yarim sharga ko`proq yorug’lik tushganda, u yerda yoz, janubiy yarim sharda qish bo`ladi. Janubiy yarim sharda yoz bo`lganda, Shimoliy yarim sharda qish bo`ladi. Globus va chiroq tun va kun almashinuvini tasavvur qilishingizda ham yordam beradi. Endi globusdan o`zingiz yashadigan joyni toping-da, u yerga to`g’nog’ichni qadab qo`ying. Geyzerlar globusni chiroq atrofida aylantirganingizda, siz yashayotgan joyda goh tun, goh kunduzi bo`lganini ko`rasiz. 360 gradus burilishi bu yerning o`z o`qi atrofida to`liq bir marta aylanib chiqishi uchun 24 soat vaqt ketadi. Ming yillar davomida yerning aylanish tezligi hech qachon o`zgarmagan, doimiydir, degan qarash mavjud edi. Ammo, bir oz bo`lsada, og’ish, baribir, kuzatilgan. Dengiz suvining ko`tarilishi bilan bog’liq ishqalanish va Yer qobig’ida ro`y berayetgan o`zgarishlar natijasida kun har yuz yilda sekundning mingdan bir ulushiga uzayib bormoqda. Olimlar bu o`ta oz o`zgarishlarni ham kuzatib, o`lchab turishibdi. Yer, shuningdek, quyosh atrofida ham aylanadi. Yer ham boshqa sayoralar kabi ma'lum orbita bo`ylab quyoshdan uzoq - yaqinligiga bog’liq tezlik bilan harakat qiladi. Sayyoralar quyoshga yaqin kelganida tezroq harakat qilishadi. Download 58.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling