2-seminar mashg’uloti. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari (2soat) Umumiy ma’lumot. Yerning shakli va kattaligi haqida umumiy tushuncha


Download 58.36 Kb.
bet2/4
Sana22.03.2023
Hajmi58.36 Kb.
#1287136
1   2   3   4
Bog'liq
2-seminar

Yil fasllarining almashishi. O’rta Osiyo hududi janubdan shimolga 180 atrofida cho’zilganligi hamda janubi - sharqini baland tog’lar o’rab olganligi tufayli yilni fasllarga ajratish ancha murakkab masala hisoblanadi. Iqlimshunos L.N.Babushkin, E.N.Balasheva va boshqalar bu qiyinchilikdan chiqish maqsadida yilni fasllarga ajratishda bosh mezon qilib agroiqlim ko’rsatkichlarini tavsiya etadi. Shunga ko’ra, avvalo yil sovuq va issiq davrga ajratiladi. O’rtacha kunlik harorat +50 dan oshsa (chunki o’tlar bu haroratda tez rivojlana boshlaydi) – issiq davr, +50 dan pasaysa (o’tlar vegetasiyadan to’xtaydi) – sovuq davr boshlanganligini bildiradi.
Yilning issiq davri, o’z navbatida, uch faslga – bahor, yoz, va kuzga bo’linadi. O’rtacha kunlik harorat +50 dan +200 gacha bo’lgan davr bahor, 200 dan oshsa yoz, +200 dan pasayib, +5 gacha bo’lgan davr kuz hisoblanadi.
Oy. Uning fazalari. Koinotda har bir jism boshqasiga ta'sir etadi, ular o`zaro tortishadi. Bu tortish kuchi yoki gravitatsiya deb ataladi. Tortish kuchi ikki omilga bog’liq. Birinchidan, u ob'yekt, jism yoki narsa tarkibida qancha modda borligiga bog’liq. Jism moddasining massasi qancha katta bo`lsa, gravitatsiya shuncha kuchli bo`ladi. Agar jismning massasi kichik bo`lsa, uning tortish kuchi ham kam bo`ladi. Masalan, yerning massasi oynikidan ko`p marta katta, shuning uchun oyga nisbatan ko`proq og’irlik kuchiga ega. Ikkinchidan, og’irlik kuchi jismlar o`rtasidagi masofaga bog’liq. Jismlar birbiriga qancha yaqin joylashgan bo`lsa, ular o`rtasidagi tortish kuchi shuncha katta bo`ladi. Ular o`zaro uzoq joylashgan bo`lsa, gravitatsiya ham kam bo`ladi. Endi yerda odamlarning yashashiga bir nazar solaylik. yerning massasi odamnikiga nisbatan katta, shuning uchun ham og’irlik kuchi uni yerda ushlab turadi. Yer butun materiyasi, butun moddalari markazda turganday ta'sir ko`rsatadi. Yerning har bir nuqtasidagi og’irlik kuchini hisoblaganda, o`sha nuqta bilan uning markazi o`rtasidagi masofani hisobga olish kerak bo`ladi.
Dengiz sohilidagi og’irlik kuchi tog’ cho`qqisidagiga nisbatan ko`proqdir. Endi yer yuzasidan juda olis masofaga uzoqlashgan odamni ko`z oldingizga keltirin geyzerlar u yerda yerning tortish kuchi juda zaif bo`ladi. Nima uchun yerning tortish kuchi bizning atrofimizda oddiy holda ko`zga tashlanmaydi? Nima uchun biz stollar, tarvuzlar yoki odamlar o`zaro tortishayotganini ko`rmaymiz? Chunki, kichik narsalarning o`zaro tortish kuchi juda zaif. Masalan, birbiridan ikki metr narida turgan ikki kishi bir-birini tortadi, ammo bu tortish kuchi shu darajada ozki, milligrammning yuzdan bir ulushidan ham kam og’irlikni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, o`sha kishilarning uzaro tortish kuchi tarozi posangisini bosayotgan grammning yuz mingdan bir ulushichalik toshga teng Geyzerlar. Bunday yuk og’irligini ilmiy laboratoriyalarning o`ta sezgir tarozilari sezishi mumkin, xolos. Bunday kuch bizlarni joyimizdan qo`zgatishga qodir emas. Bunga poyabzalimiz tagcharmining yerga ishqalanishi yo`l qo`ymaydi. Bizni polda turgan joyimizdan qo`zg’atish uchun 20 kg.dan oshiqroq yuk kerak bo`ladi. Shuning uchun ham, biz oddiy sharoitda yerdagi jismlarning o`zaro tortishishini sezmasligimizdan ajablanmasak ham bo`ladi.

Download 58.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling