Amaliy ishni bajarish tartibi
Bunda barcha talabalar o„zlariga berilgan variant asosida kanavalarining
ma‟lumotlaridan foydalanib tog„ jinslarining chegaralarini yer yuzida belgilagan
holda geologik qirqim tuzadi. So„ngra ularni hujjatlashtiradi. Hujjatlashtirish
quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab kanavalarning Azimut yo„nalishi va
tuzilgan geologik qirqimdan uning relyefdagi qiyaligi aniqlanadi. Songra tanlangan
masshtab asosida kanavaning bir yon devori hamda, tubining rasmlari
millimetrovka qog„ozga tushiriladi. Shundan so„ng variantda berilgan tog„
jinslarining chegaralari birin-ketin tushiriladi va ularning shartli belgilari rasmlarda
belgilanadi. Maqsadga ko„ra kanavalarda uning tubidan namunalar olish ishlari
rejalashtiriladi. Ya‟ni namuna olish usuli, turi va namunalarni laborator tahlildan
o„tkazish usullarini mustaqil ravishda tanlaydi. Namunalarga ishlov berish va
tahlildan o„tkazish uchun ularnig umumiy ro„yxatini shakllantiradi. Misol
tariqasida 18-variantning kanavalaridan olingan geologik qirqim bilan tanishamiz.
Nazorat savollari:
1. Geologik qirqimlar qachon va nima maqsadda olinadi?
2. Kanavalar qachon va nima maqsadda o‘tiladi?
3. Kanavalar qanday hujjatlashtiriladi?
-
11
-
4. Namunalar kanavalarning qayeridan olinadi?
5. Kanavalarning elementlarini ayting?
13 – AMALIY MASHG‘ULOT
Qidiruv chiziqlari bo‘yicha geologik qirqim tuzish
Ishning maqsadi: Kanvalarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha tog‘ jinslarini yer
yuzida chegaralash hamda, relyef bo‘yicha geologik qirqim tuzish. Tuzilgan
geologik qirqim asosida kanavalarni hujjatlashtirish va namunalash ishlarini
rejalashtirish, namunaga ishlov berish va tahlil qilish usulini tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |