Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
Nazariy qism: Kanavalar foydali qazilma konlarini yer yuzida qidirish,
tortlamchi davr yotqiziqlarining qalinligini aniqlash hamda, tog„ jinslarining yotish elementlarini olchash uchun eng qulay bo„lgan texnik vositalardan biridir. Kanavalar faqat yer yuzasida maxsus tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan tog„ jinslarining qattiqlik kategoriyasiga qarab qo„l mehnati, har xil turdagi mexanizmlar (perforator, maxsus qazuvchi texnikalar) hamda, portlovchi moddalar yordamida qaziladi. Kanavalar portlovchi moddalar yordamida portlatilganda ishchilar tomonidan qaytadan tozalanib chiqiladi. Kanavalar texnik geolog, geologlar tomonidan hujjatlashtirilganda albatta tog„ geologok kompasidan foydalaniladi. Ularni hujjatlashtirish vaqtida dastlab quyidagi elementlari aniqlanadi . - kanavaning azimut yo„nalishi; - kanavaning relyefda qiyalik burchagi; - kanavaning tomonlari (Kanava 5 tomondan iborat bo‘ladi ya’ni ikki yon devori, kanavaning boshlanish va tugash devorlari, hamda tubi); - kengligi – (d = 0,80 – 1,5 m.gacha); - chuqurligi – (h = 0,5 – 3,0 m.gacha); - uzunligi – (l = 10,0 m.dan bir necha km.gacha (magistral kanavalar)); - unda kesib o„tilgan tog„ jislarining kategoriyasi va h.k.lar. Kanavalarni vazifasiga ko„ra turlicha hujjatlashtirish mumkin. Tog„ jinslari- ning ma‟danli komplekslaridan yo„nalishga ko„ndalang o„tuvchi kanavalarda (ma- gistral kanavalarda) odatda faqat kanava tubi bo„yicha ma‟dan tanalari kesishgan vaziyatlarining chizmalari chiziladi. Ma‟dan tanasining yo„nalishi bo„yicha o„tuvchi kanavalar tubining chizmasini chizish yetarlidir. Yuzadagi ma‟dan tanalari murakkab tuzilgan ba‟zi bir holatlardagina kanava tubi va bo„ylama devorlaridan birining chizmasi chiziladi. Kanavaning ikkala devoridagi bo„shoq hosilalar foydali qazilma ekanligi aniq bo„lganda hujjatlashtirish zarur. Kanava chizmasining misoli yettinchi amaliy mashg„ulotdagi 7.1-rasmda ko„rsatilgan. Ariqchalarni geologik hujjatlashtirish tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. Buning uchun ariqchaning devori bo„yicha yoki tubi bo„yicha shnur-orientir yoki o„lchov lentasi tortiladi. So„ngra ariqchaning gabaritlari o„lchanadi va kerakli masshtabda ariqchaning plani chiziladi. Hujjatlashtirish davrida 1:25, 1:50, 1:100 ba‟zi bir hollarda 1:200 masshtablar tanlanadi. Hujjatlashtirish intervallar bo„yicha yoki qatlamlar bo„yicha birin-ketin olib boriladi. Tog„ yon bag„irlari bo„yicha tik o„tilgan ariqchalar pastdan yuqoriga qarab hujjatlashtiriladi (12.1-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling