-
10
-
Ariqchalar hujjatlashtirishga tayyor bo„lgach bajariladigan
operatsiyalarning
tartibi quyidagicha: ariqchani tavsiflash,
namunalar olish, o„lchovlar bajarish,
rasmini chizish,
fotosuratga olish, ariqchani reestrga kiritish. Ariqchani tavsiflash
deganda u kesib o„tgan va ochilgan geologik kesimning ta‟rifi tushuniladi. Bu
geologik kesimni tashkil etuvchi tog„ jinslarining
hammasi alohida-alohida
ta‟riflanadi. Ariqchaning rasmini chizishda ochilgan ariqchaning devorlari va tubi
bo„yicha rasmi chiziladi. Odatda ariqchaning tubi va uzun devorlaridan birining
tasviri chiziladi.
Ammo, ariqcha yo„nalishi tog„ jinslari yo„nalishiga ko„ndalang bo„lsa, ikkala
uzun devorda bir xil geologik kesim kuzatiladi. Lekin, ariqcha murakkab geologik
kesimni ochgan bo„lsa,
u holda ariqcha tubi, ikkala uzun devor va ikkala kalta
devorlarining rasmi ham chizilishi mumkin.
Ariqchalarni hujjatlashtirishda keng ko„lamda
fotografiyadan foydalanish
mumkin. Buning uchun ariqchaning fotosuratga olinadigan yeri yaxshilab
tozalanishi kerak.
Ariqchalar
reestrida ularning nomeridan, joyidan va yo„nalishidan tashqari,
ariqchalarning kattaligi (o„lchamlari),
namunalar soni, namunalarni tekshirish
natijalari va boshqa ma‟lumotlar ko„rsatiladi. Kanavaning tubi, ya‟ni gorizontdagi
proyeksiyalari plani bashoratlash xaritalariga uning boshi
va oxiri koordinatalari
(topograflar tomonidan olinadi) olinib tushirilganda tog„ jinslari, ma‟danli qatlam
va xatto geologik davrlarning yer yuzidagi chegaralarini aniqlash mumkin. Shu
sababli geologlar har bir o„tilgan kanavaning gorizontal planini xaritalarga doimiy
ravishda tushirub boradi va bu bilan har qanday ma‟danlashuvni nazorat qilib
borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: