Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Nazariy qism: 
Geologik kesimlar. Yer yuzasida ochilib yotuvchi tog„ jinslari geologik 
xaritalarda ikki o„lchami bilan tasvirlangani uchun ularning hajmi va chuqurlikdagi 
yotish sharoitlari to„g„risida to„la tasavvur olib bo„lmaydi. Shuning uchun ham 
geologik xaritalarda tasvirlangan tog„ jinslari va strukturalarning uchinchi o„lchami 
vertikal geologik kesmalar yordamida ko„rsatiladi. 
Geologik kesmalar yer po„stining ma‟lum bir chuqurligigacha olingan vertikal 
kesmadan iborat bo„lib, ular geologik xarita bo„yicha, burg„i quduqlaridan olingan 
ma‟lumotlar va geofizik materiallar yordamida tuzilishi mumkin. 
Geologik kesmalar yuqoridan kesma chizig„i, pastdan esa bazis chizig„i va yon 
tomonlardan vertikal miqyos chiziqlari orqali chegaralangan bo„ladi (13.1-rasm). 
Kesma chizig„i relyef yuzasining vertikal tekislik bilan kesishish chizig„idir. Bazis 
chizig„i esa geologik xaritalar bo„yicha kesmalar tuzganda yotqiziqlarning yotish 
shakllari va strukturalarni yetarli darajada ko„rsata oladigan chuqurlikdan 
o„tkazilgan gorizontal chiziqdir. 
 
13.1-rasm. Geologik kesmaning umumiy ko‘rinishi 
Geologik kesma tuzishda kesma yo„nalishini to„g„ri tanlab olish juda muhim. 
Chunki xaritaning barcha yo„nalish bo„yicha ham joyning ichki geologik tuzilishi 



12

to„g„risida to„liq ma‟lumot olib bo„lmaydi. Geologik kesmalar to„g„ri chiziq 
bo„yicha, ayrim hollarda siniq chiziqlar bo„yicha ham tuzilishi mumkin. Kesma 
chizig„ining ikki chekka nuqtasi, agar u siniq chiziqlardan iborat bo„lsa, sinish 
nuqtalari ham, katta harflar bilan belgilanadi. Agar tayanch burg„i quduqlari 
qazilgan bo„lsa, geologik kesma ular orqali o„tkazilishi kerak. Kesmada barcha 
geologik chegaralar (muvofiq, nomuvofiq va intruziv) bir xil uzluksiz qora rangli 
chiziqlar bilan ko„rsatiladi. 
Kesma chizig„i qatlam yo„nalishiga ko„ndalang o„tganda qatlamlar kesmada 
haqiqiy yotish burchagi bilan tushiriladi. Agar xaritada qatlamlarning yotish 
elementlari ko„rsatilmagan bo„lsa, ular kesma tuzish jarayonida aniqlanadi. Kesma 
chizig„i erozion qoldiq orqali o„tganda qatlamlarning ostki va ustki yuzasi 
chegaralari kesma bo„ylab to„g„ri chiziq yordamida tutashtiriladi. Bu to„g„ri 
chiziqning qiyalik burchagi qatlamning yotish burchagiga teng bo„ladi. Boshqa 
barcha muvofiq yotuvchi qatlamlar ham shunday burchakda tushiriladi. Xaritada 
qatlamlarning yo„nalish chizig„i orqali ularning yotish tomonini osongina aniqlash 
mumkin. 
13.1 – ilova 
 
Qatlam yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lmagan chiziqda uning yotish 
burchagini aniqlash uchun nomogramma. 
Abssissa o‘qida kesma chizig‘i va qatlam yo‘nalishi orasidagi burchak, 
ordinata o‘qida - qatlamning izlanayotgan yotish burchagi. Qalin egri chiziqlar 
qatlamning yotish burchagiga to‘g‘ri keladi. O‘ngdagi sxemada nomogrammadan 
foydalanish tartibi ko‘rsatilgan. 
Kesma chizig„i qatlamlar yo„nalishiga diagonal o„tgan bo„lsa, ya‟ni kesma 
chizig„i bilan qatlamning yo„nalish chizig„i orasida ma‟lum bir burchak bo„lsa, 
qatlamlarni kesmaga tushirishda bu burchak albatta hisobga olinishi kerak. Chunki, 



13

bu holda, qatlamlar kesmada haqiqiy yotish burchagi bilan emas, balki ko„rinarli 
burchagi bo„yicha tushiriladi. U burchak har doim haqiqiy yotish burchagidan 
kichik bo„ladi. Kesma chizig„i bilan qatlamning yotish chizig„i orasidagi burchak 
qancha kichik bo„lsa, kesmada qatlamning ko„rinarli yotish burchagi uning haqiqiy 
yotish burchagiga shuncha yaqin bo„ladi (13.1-ilova). Kesma chizig„i qatlamning 
yo„nalish chizig„iga qancha yaqin bo„lsa, kesmada qatlamning ko„rinarli yotish 
burchagi shuncha kichik bo„ladi va nihoyat, qatlamning yo„nalishi kesma 
chizig„ig„a mos kelganda, ya‟ni, boshqacha qilib aytganda, yo„nalish chizig„iga 
parallel bo„lganda, qiya yotgan qatlam ham kesmada gorizontal holda tasvirlanadi. 
Geologik kesmalarda vertikal va gorizontal miqyoslar bir-biriga teng bo„lishi 
va ular xarita miqyosiga to„g„ri kelishi kerak. 
Qatlamlarning qalinligi va yotish burchagi kichik bo„lganda kesmaning 
vertikal miqyosini kattalashtirib olish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, geologik 
kesmaning vertikal miqyosi uning gorizontal miqyosiga nisbatan oshishi bilan 
qatlamlarning kesmadagi yotish burchagi ham oshadi. Bunda qatlamlarning yotish 
burchagi qanchaga oshishi maxsus jadval yoki nomogramma bo„yicha aniqlanadi 
(13.2-ilova). 
13.2 – ilova 
Gorizontal miqyosga nisbatan vertikal miqyos oshirilganda qatlamning yotish 
burchagi o‘zgarishini aniqlash uchun nomogramma. 
Abssissa o‘qida vertikal miqyosning necha karraga oshirilganligi, ordinata 
o‘qida esa izlanayotgan burchak o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Qalin chiziqlar 
qatlamning haqiqiy yotish burchaklariga mos keladi. O‘ngda joylashtirilgan 
sxemada nomogrammadan foydalanish tartibi ko‘rsatilgan. 



14

Kesma chizig„i qatlamlarning yo„nalish chizig„ig„a parallel o„tganda qatlamlar 
geologik kesmada gorizontal holda vertikal qalinligi bo„yicha ko„rsatiladi. Bunda 
ularning haqiqiy qalinligi ham maxsus nomogramma yordamida aniqlanadi (13.3-
ilova). 
Kesmalarda turli litologik tarkibdagi va yoshdagi tog„ jinslarining nisbati
ularning o„zaro munosabati (muvofiq yoki nomuvofiq yotishi, fatsial o„rin olishi, 
tugashi va boshqa xususiyatlari), bu jinslarning burmali yoki uzilmali 
dislokatsiyasi va foydali qazilmalarning tanalari, ya‟ni ularning chuqurlikda tutgan 
o„rni ko„rgazmali tasvirlanadi. Vertikal chuqurlik va kesmalarning uzunligi kesma 
tuzishda foydalanilgan daliliy geologik va geofizik materialga bog„liq bo„ladi. 
Geologik kesmalar geologik hisobatning muhim chizma hujjati bo„lib, 
geologik va srukturaviy xaritalarga ilova qilinadi. Geologik kesma yordamida 
rayonning geologik tuzilishiga aniqlik kiritilishi, «yashirin» dislokatsiyalarni 
aniqlash, yotqiziqlarning stratigrafik tabaqalari va litologik komplekslarining 
qalinligini, yotish chuqurligini va boshqalarni ko„rsatish mumkin. 
 
13.3 – ilova 
 
Qatlamning o‘lchangan vertikal qalinligi bo‘yicha uning haqiqiy qalinligini 
aniqlash uchun nomogramma. 
Yoyli shkalada qatlamning yotish burchaklarining qiymati, abssissa o‘qida - 
vertikal qalinlik, ordinata o‘qida - izlanayotgan haqiqiy qalinlik belgilangan. 
Nomogrammadan foydalanish tartibi o‘ngda joylashtirilgan sxemada ko‘rsatilgan. 
Geologik kesmalar geologik xaritalar tuzishda geologik chegaralarning to„g„ri 
o„tkazilganligini nazorat qiluvchi omil, izoliniyali xaritalar tuzishda esa tayanch 
gorizontlarining yotish chuqurligi to„g„risidagi ma‟lumotlar manbai hisoblanadi. 



15

Geologik kesmalar burg„ilash ishlari natijalari, geologik yoki strukturaviy 
xaritalar bo„yicha tuzilishi mumkin. Bunda kesma tuzish usullari turlicha bo„ladi. 
Geologik kesmalar o„rta va yirik miqyosli (1:25000 dan 1:200000 gacha) 
geologik xaritalarga ilova qilinadi. 
Geologik kesmalar tuzishda quyidagilar bajariladi: 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling