Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

 
21-rasm. Sof raqobat sharoitida alohida firma mahsulotiga talab 
hamda ushbu mahsulotga bozordagi umumiy talab ko‘rinishlari 


48 
Raqobatli firmaning umumiy daromadi TR mahsulot hajmi uning 
narxi ko‘paytmasiga teng. Shuningdek, o‘rtacha daromad AR va me’yoriy 
daromad MR ko‘rsatkichlari sof raqobat sharoitida mahsulot narxiga 
teng:AR =MR =P 
Grafikda bu ko‘rsatkichlarning ifodasi quyidagicha (21 rasm): 
22-rasm. Raqobatli firmaning umumiy daromadi
 
Firma maksimal foyda olishi uchun qancha mahsulot ishlab 
chiqarishi kerak? Bu savolga javob berishimizdan oldin ikki turdagi vaqt 
oraliqlarni eslashimiz lozim. Qisqa muddatli davr tarmoqqa yangi
firmalar kirib kelishi yoki mavjud firmalar tarmoqdan chiqib ketishi 
uchun yetarli emasdir. Aksincha uzoq muddatli davrda yangi firmalar 
yuqoriroq foyda olish maqsadida tarmoqqa kirib kelishi va zarar 
ko‘rayotgan firmalar ushbu tarmoqdan chiqib ketishi uchun vaqt 
yetarlidir. 
Qisqa muddatli davrda firmaning optimal ishlab chiqarish hajmi 
quyidagi ikkita usul orqali aniqlanadi. Birinchi usulda firma oladigan 
yalpi daromadi TR bilan yalpi xarajatlarni TC solishtirib, bu ikkala 
ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, ya’ni firmaning foydasi maksimal qiymatga 
erishganda, bunga mos bo‘lgan ishlab chiqarish hajmini tanlaydi. (22 a- 
rasm). 


49 
22-a rasm. Qisqa muddatli davrdaga firmaning optimal ishlab 
chiqarish hajmi 
22-b rasm. Me’yoriy daromad MR bilan me’yoriy xarajatlarni MC 
solishtirish 
Ikkinchi usulda firma me’yoriy daromad MR bilan me’yoriy 
xarajatlarni MC solishtiradi. Agar qo‘shimcha mahsulot birligi xarajatlar 
o‘sishiga nisbatan daromadning yuqoriroq o‘sishini ta’minlasa, firma o‘z 
ishlab chiqarishini kengaytiradi. Aksincha, agar qo‘shimcha mahsulot 
birligi daromadga nisbatan xarajatlarni ko‘proq oshirsa, firma ishlab 
chiqarish hajmining kengaytirishini to‘xtatadi. Demak, ushbu ikkala 
ko‘rsatkichlar tengligini ta’minlovchi mahsulot hajmi firma uchun 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling