Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti issiqlik energetikasi fakulteti
Download 34.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqmusqtil ish Diyorbek Atom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan manbalar
Kvant sonlar
Kvant sonlar — atom yadrosi, atom, molekulalar va boshqa kvant sistemalar, shuningdek, elementar zarralar, gipotetik zarralar, kvarklar va glyuonlarning energetik holatlari va fizik xossalarini ifodalovchi butun yoki yarim butun sonlar. Kvant sonlar tushunchasi fizikaga dastlab atom spektrini oʻrganishda kiritilgan. Atomdagi bogʻlangan elektronlarning holatlari 4 kvant sonlar bilan ifodalanadi; elektronning yadrodan oʻrtacha uzoqligini ifodalaydigan bosh kvant sonlar, (n); elektronni yadro atrofida aylantiruvchi harakat miqdori momentini ifodalaydigan orbital kvant sonlar (l); tashqi magnit maydoni mavjud boʻlganda elektron orbitalarining mumkin boʻlgan yoʻnalishlarini aniqlaydigan magnit kvant sonlar (ml), elektronning xususiy harakat miqdori momentini ifodalaydigan spin kvant sonlar hisoblanadi. 1. n – bosh kvant son bo‘lib, birdan boshlanadigan musbat butun sonlarni qabul qiladi: n=1, 2, 3, … 2. ℓ – orbital kvant son deyiladi. Orbital kvant son yordamida elektron ega bo‘la oladigan impuls momenti L ning diskret qiymatlarini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: L =h̴ Orbital kvant son – ℓ 0 dan n–1 gacha butun musbat sonlarni qabul qiladi, ya’ni: ℓ=0, 1, 2, 3,…, n–1 3. Uchinchi kvant son mℓ – orbital magnit kvant soni deyiladi. m(j) funksiya z o‘qi atrofida yuguruvchi de-Broyl to‘lqinini ifodalaydi. Orbital magnit kvant soni esa orbital impuls momenti L ning z o‘qiga proyeksiyasini aniqlaydi, ya’ni Lz=mlh̴ Bu formula impuls momentining z o‘qiga mumkin bo‘lgan proyeksiyalarini aniqlaydi. Orbital magnit kvant sonining qiymati m= 1, , , … 4.To’rtinchi kvant son ms - spin kvant soni har bir orbital ichidagi elektronning ichki spini burchak momentini tasniflaydi va belgilangan o’q bo’ylab spin burchak momentining S proyeksiyasini beradi. Sz=msh̴ ms ning qiymati –s dan s gacha bo’ladi, bu yerda s spin kvant son ms=-s, -s+1, -s+2, -s+3…..s Foydalanilgan manbalar [1] Atom Fizikasi . G.Ahmedova Toshkent-2012 [2] Atom Yadrosi va Elementar Zarralar Fizikasi. S.Polvonov. Toshkent-2020 [3] OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Download 34.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling